O‘zbekiston | 16:13 / 07.05.2023
56400
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum qilindi

Eng ko‘p urush faxriylari Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatida istiqomat qilmoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 2023 yil 6 may holatiga ko‘ra 174 nafarni tashkil qiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ularning soni viloyatlar kesimida quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 nafar;
  • Andijon viloyati — 6 nafar;
  • Buxoro viloyati — 7 nafar;
  • Jizzax viloyati — 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
  • Navoiy viloyati — 9 nafar;
  • Namangan viloyati — 7 nafar;
  • Samarqand viloyati — 10 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
  • Toshkent viloyati — 26 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 19 nafar;
  • Xorazm viloyati — 5 nafar;
  • Toshkent shahri — 55 nafar.

100 va 100 yoshdan oshgan Ikkinchi jahon urushi va frontorti qatnashchilarining soni 25 nafarni tashkil qiladi. Ularning umumiy hisobda eng kichigi 78 yoshda (manbalarga ko‘ra, u urush yakunlangan 1945 yilda natsistlar konslagerida tug‘ilgan) bo‘lsa, eng kattasi 112 yoshda.

Prezident tomonidan 2 may kuni imzolangan farmonga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Mavzuga oid