Jamiyat | 20:18 / 11.05.2023
35336
1 daqiqa o‘qiladi
Jizzaxda o‘g‘li va xotinini vahshiylarcha o‘ldirgan yigit umrbod qamaldi
Rashk sababli sodir qilingan jinoyat jazosiz qolmadi.
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida homilador xotini va 5 yoshli farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan 23 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi.
Aniqlanishicha, 2000 yilda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan yigit o‘zidan 7 yosh katta bo‘lgan, shar’iy nikohda yashab kelgan homilador xotini hamda farzandini Jizzax viloyati, Zargar qishlog‘idagi qirda o‘ldirib, yoqib yuborgan. Bunga ayolning xiyonat qilganini sabab sifatida ko‘rsatgan.
Yigit sudda qilgan ishidan pushaymon ekanini aytib, barchadan kechirim so‘ragan.
Sud hukmi bilan unga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
12:01 / 09.11.2024