Jahon | 07:16 / 24.05.2023
22601
2 daqiqa o‘qiladi

Belgorod gubernatori: Mudofaa vazirligiga savollarim ko‘p

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi jonli efirda chegara hududlarida qurolli guruhning hujumi munosabati bilan Mudofaa vazirligiga ko‘plab savollari borligini aytdi. 

Vyacheslav Gladkov / Foto: ABIREG

"Nima chegarada teshiklar bor? Agar bizda hamma narsa yomon bo‘lsa, Mudofaa vazirligidan mintaqa xavfsizligini kuchaytirishni so‘rash mumkin emasmi?" - deb so‘radi translatsiya tomoshabinlaridan biri Gladkovdan.

"Sizning fikringizga qo‘shilaman, Mudofaa vazirligiga sizdan ham ko‘proq savollarim bor, Shuning uchun izoh berishni istamayman, chunki bu noto‘g‘ri deb o‘ylayman", deb javob berdi gubernator. 

"Yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqarishimiz kerak. Belgorod viloyati aholisi xavfsizligini ta’minlash - barcha huquq-tartibot idoralari zimmasiga olishi kerak bo‘lgan asosiy vazifa", - deya qo‘shimcha qildi u.

22 may kuni Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov "Ukraina Qurolli kuchlarining qo‘poruvchilik-razvedka guruhi Grayvoron tumani hududiga kirganini" ma’lum qildi. 

Ayni paytda, "Rossiya ko‘ngillilar korpusi" o‘z jangchilari Rossiyada ekani va u yerda jangovar topshiriqlarni bajarayotganini ma’lum qildi. Faollar Telegram’da Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi qishloqlarga kiraverishdagi yo‘l belgilari fonida bir nechta videolarni joylashtirgan va ular kurashni davom ettirayotganliklarini bildirishgan. 

O‘z navbatida, "Rossiyaga ozodlik" legioni Ukraina bilan chegaraga yaqin hududlar aholisini uyda qolishga va "qarshilik qilmaslikka" chaqirdi.

Mavzuga oid