Moskvaga dronlar hujum qildi. Sobyanin bir necha bino shikastlangani haqida xabar berdi
Bir necha dron Moskva oblasti hududida urib tushirilgan.
30 may kuni tongda Moskvada dronlar hujumi kuzatildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin xabar qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha binolar «arzimas darajada shikastlangan».
«Bugun erta tongda uchuvchisiz uchar qurilmalar hujumi natijasida bir necha binolar kichik shikastlanishlarga uchradi. Shahardagi barcha favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Ular hodisa tafsilotlarini o‘rganishmoqda. Ayni vaqtda hech kim jiddiy shikastlanmagan. Sizdan faqat rasmiy manbalarga tayanish va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rayman», — deyilgan Moskva meri xabarida.
Sobyanin shuningdek dronlar urilishidan shikastlangan uylar aholisi favqulodda xizmatlar ishi vaqtida xavfsizlik nuqtayi nazaridan evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Moskva meri aynan qaysi uylar zarbaga uchraganiga aniqlik kiritmagan.
RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib xabar berishicha, dronlardan biri Profsoyuznaya ko‘chasi, 98-uyga kelib urilgan. Natijada uyning fasad qismi vayron bo‘lgan, oynalar to‘kilib tushgan.
Ikkinchi dron Novaya Moskvadagi Atlasova ko‘chasida joylashgan 24 qavatli turar joy binosiga zarba bergan.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev Moskvaga uchayotgan bir necha dron urib tushirilganini xabar qilgan.
«Bugun tongda Moskva oblastining bir qancha rayonlari aholisi portlashlar ovozini eshitgan bo‘lishi mumkin — bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz ishlamoqda. Moskvaga uchayotgan bir qancha uchuvchisiz uchish qurilmalari urib tushirildi. Aholidan xotirjamlikni saqlashni so‘rayman. Barcha favqulodda xizmatlar ishda. Qo‘shimcha ma’lumot beramiz», degan u.
Mavzuga oid
08:10
Ukraina Rossiyadagi raketa arsenaliga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi
18:01 / 29.09.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya armiyasi Ukrainaning muhim qal’asi - Vuhledarni deyarli to‘liq qurshab oldi
13:31 / 29.09.2024
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
22:10 / 28.09.2024