Farg‘ona davlat universiteti Times Higher Education reytingidan joy oldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education - “THE” reyting agentligining bugun e’lon qilingan reytingida FarDU - 14 ta indikator bo‘yicha yuqori o‘rinlarda e’tirof etildi.
Unga ko‘ra, Times Higher Education (Impact Rankings) – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha Farg‘ona davlat universiteti yuqori ko‘rsatkichlar bilan 1000+ natijani qayd etdi.
Oliygoh sifatli ta’lim bo‘yicha 43,8 ball bilan 601-800 o‘rinda e’tirof etilgani - Farg‘ona davlat universiteti jamoasi tomonidan yoshlarni ilmu-ma’rifatli qilish, yetuk kadrlarni tayyorlashda olib borilayotgan fidokorona mehnat samarasini ko‘rsatib berdi.
Shuningdek, “University Impact Ranking-2023” natijalarida universitet ochlikka barham berish bo‘yicha 41,8 ball bilan 301-400 o‘rinda, tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha 601-800, quruqlikdagi ekotizimlarini asrashda 401+, gender tengligi, munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish hamda tinchlik, adolat, samarali boshqaruv yo‘nalishida 801+ o‘rinni egallab turgani tahsinga loyiqdir.
“THE” reytingining bu kabi yo‘nalishlaridan 14 tasida yuqori natijaga erishgan universitet jamoasi yanada yangi marralarni ko‘zlamoqda va yuqori pog‘onalarni egallashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
19:00 / 16.03.2024
Farg‘ona davlat universitetida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi
17:56 / 25.05.2023
Farg‘ona davlat universiteti dunyoning nufuzli reytingidan joy oldi
19:24 / 12.12.2022
FarDUda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi
13:00 / 12.11.2022