40 yillikdagi eng yirik temiryo‘l falokati. Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatlari suratlarda
2 iyun kuni Hindistonning Balasor shahri (Odisha shtati) yaqinida uchta poyezd to‘qnashdi. Dastlabki tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, Kalkuttadan Chennayga tomon harakatlangan Coromandel Express katta tezlikda asosiy yo‘ldan yondagi aylanma yo‘lga o‘tib (poyezdlarga turargoh sifatida mo‘ljallangan), u yerda turgan yuk poyezdiga urilgan. Coromandel Express lokomotivi va to‘rt yoki besh vagoni relsdan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelgan Yyeshvantpur — Xovra yo‘nalishidagi poyezdning dum qismidagi ikki vagonga urilgan. Hindiston temiryo‘l vaziri taxmin qilishicha, tartibga solish tizimidagi nosozlik avariyaga olib kelgan. Mamlakat rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi natijasida kamida 275 kishi halok bo‘lgan, yana 1175 kishi jabrlangan (793 kishiga shifoxonadan javob berilgan). Qutqaruv ishlari yakunlangan, ammo ayrim oilalar hamon o‘z yaqinlarini qidirishni davom ettirmoqda. Quyida poyezdlar halokatga uchragan joydan olingan suratlar.
Mavzuga oid
09:50
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024