O‘zbekiston | 13:14 / 10.06.2023
17281
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqda velosipedda beton simyog‘ochga urilib, undagi teshikka boshi tiqilib qolgan 14 yoshli bola qutqarildi 

FVV qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatgan va uni tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.

Videodan kadr

Kecha, 9 iyun kuni Toshkent viloyati FVBga 14 yoshli bolaga yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, u Olmaliq shahar To‘maris ko‘chasi bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, ushbu ko‘chaning yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton simyog‘ochga urilgan va undagi teshikka boshi kirib qolgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. 

Xabarda aytilishicha, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid