Sport | 17:04 / 14.06.2023
18428
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya milliy jamoasi futbolchisi rasman «Real» o‘yinchisiga aylandi

Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi va Angliya jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingham bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Bu haqda «qaymoqranglilar» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Avvalroq 19 yoshli yarim himoyachining transferi haqida nemis klubi e’lon qilgan edi. «Borussiya» hatto kelishuvning moliyaviy shartlarini ham oshkor qildi - 103 million yevro + bonuslar (transfer summasining taxminan 30 foizi). 

Madrid klubi shartnoma shartlari haqida xabar bermadi. 15 iyun kuni angliyalikni «Real Madrid»ga yangi kelgan futbolchi sifatida tantanali tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Dortmundliklar klubi rahbariyati bahorda futbolchiga yillik 14 million yevro maosh bilan amaldagi shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan. Ammo Bellingham bu taklifdan qoniqmadi. Yarimhimoyachi jamoa yozgi ta’tilga jo‘nab ketishidan oldin «Borussiya» futbolchilari bilan xayrlashdi. 

Avvaliga OAVda «Real» futbolchining transferi uchun 120 million yevrodan ko‘p to‘lamoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. «Borussiya» esa kamida 150 million yevro olishni rejalashtirgandi. 

Mavzuga oid