Sport | 13:17 / 06.11.2024
15010
21 daqiqa o‘qiladi

YeChLda sensatsiyalar kuni. «Real» va «Siti» yutqazdi

Yevropa Chempionlar Ligasida 4-tur kutilmagan natijalar bilan boshlandi. 

Foto: AS

«Real»da inqiroz

«Real» — «Milan» 1:3
Gollar:
Vinisius (23, penalti) — Tiav (12), Morata (39), Reynders (73). 
«Real» – Lunin, Mendi (Garsiya, 74), Ryudiger, Militao, Vaskes, Bellinghem (Rodrigo, 74), Modrich (Seballos, 63), Chuameni (Dias, 46), Valverde (Kamavinga, 46), Vinisius, Mbappe.
«Milan» – Menyan, Teo, Tomori, Tiav, Emerson, Reynders, Fofana, Musa, Pulishich (Loftus-Chik, 70), Leau (Okafor, 78), Morata (Abraham, 70).
Ogohlantirishlar: Morata (21), Kamavinga (58), Militao (68), Vaskes (68), Vinisius (71), Fofana (85).

«Real» «Milan»ga qarshi — Yevropa futboli klassikasi. Bu ikkisi — top-klub iborasi bilan sinonim. Bu ikki klub birgalikda asosiy yevrokubokda (Chempionlar kubogi/Chempionlar ligasi) birgalikda 22 g‘alabaga erishgani (15+7) ham ko‘p narsadan dalolat.

Hozirda bu jamoalar bir darajada emas. «Milan» 2010-yillardagi chuqur inqirozdan chiqib oldi va ikki yil oldin skudettoni qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasiga qaytdi va qatorasiga to‘rtinchi mavsum turnirga yo‘llana olmoqda. Ammo qizil-qoralar yana qayta qurish bosqichini boshladi — yangi murabbiy, yangi g‘oyalar, yangi futbolchilar. Hozircha Paulu Fonsekaning ishlari silliq kechmayapti, ammo mavsum boshidagi ikki oydan aniq xulosa chiqarish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

«Santyago Bernabeu»da mag‘lubiyatga uchrasa ham muxlislar buni falokat sifatida qabul qilishmasdi — italiyaliklar uchun taqvim osonroq, qolgan turlarda «Slovanom» (safar), «Tsrvena Zvezda» (uy), «Jirona» (uy) va Zagrebning «Dinamo» (safar) klublariga qarshi o‘yinlarda vaziyatni o‘nglash mumkin. Bu oraliqda 10-12 ochko pley-offga (balki top-8 ga kirish uchun ham) chiqish uchun yetarli bo‘ladi. Ammo o‘tgan haftada jamoa A Seriyada o‘z uyida «Napoli»ga ilojsiz holatda yutqazgandi (0:2) va yana bir top-raqibga qarshi kuchsiz o‘yin — jamoaga imij nuqtayi nazardan ham, ruhiy tomondan ham zarba bo‘lishi mumkin edi.

Imij masalasi «Real» uchun ham dolzarb edi, jamoa o‘z uyida «Barselona»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin o‘zini oqlashi talab etilardi. Karlo Anchelotti jamoasi oxirgi o‘n kunni shu mag‘lubiyat yuki bilan o‘tkazdi, chunki o‘tgan dam olish kunlarida Ispaniya chempionati doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yin kuchli suv toshqinlari tufayli bekor qilingandi. «Milan» esa «Monsa»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib (1:0), o‘z aybini biroz yuvgandi.

«Real» darhol bosim o‘tkazib, mehmonlarni qo‘rqitishga qaror qildi, ammo Kilian Mbappe hali ham yaxshi formada emas: fransuz hujumchisi ikki bor xato zarba berdi — avvaliga hech kim xalal bermayotgan holatda yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p olis burchakka to‘g‘ri bormadi, keyin esa Lukas Vaskesning qanotdan uzatmasini darvozaga to‘g‘rilab yubora olmadi.

Mehmonlar bosh murabbiyi bu o‘yin uchun qiziqarli taktik yurishlar tayyorlagandi. Himoyalanishda «Milan» futbolchilari 5-2-3 sxemasi bo‘yicha joylashdi, bunda markaziy havbek Yunus Musa o‘ng qanot himoyachisiga aylandi, nominal o‘ng qanot himoyachisi Emerson Royal esa o‘ng markaziy himoyachi pozitsiyasiga o‘tdi. Bu Vinisiusni to‘xtatish uchun qilingani ko‘rinib turardi, chunki Emerson — «birga bir» vaziyatda ishonchli emas va bunday raqibga qarshi unga yordam kerakligi aniq edi. Vinisiusda yagona imkoniyat bo‘ldi va u bundan foydalandi: 21-daqiqada u Emerson podkat tashlaganda bor mahoratini ishga solib yiqildi va belgilangan penaltini «panenka» zarbasi bilan aniq ijro etdi. Ammo bu goli bilan u faqat hisobni tenglashtirdi.

Italyanlar samaraliroq harakatlandi. 12-daqiqada Pulishich burchakdan to‘p uzatdi, Tshau Militao va Tchuameni o‘rtasiga yorib kirib, bosh bilan qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi. Ko‘p o‘tmay u bu tryukni takrorladi, ammo bu safar to‘pga yeta olmadi. Lunin Reyndersning kuchli zarbasini ham qaytarishiga to‘g‘ri keldi. 39-daqiqada esa Fofana Tchuamenining xato uzatmasidan keyin to‘pni egallab olib, golli hujumni boshlab berdi: Pulishich Leauga uzatma berdi, uning zarbasi Lunindan o‘tmadi, ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib Morata yetib keldi.

Tanaffusda Anchelotti Tchuameni va Valverdeni Kamavinga va Braimga almashtirdi. Hisobda ortda qolish «Real»ga begona emas va bu jamoa iroda ko‘rsatishi bilan ajralib turadi, ammo bu safar o‘xshamadi. Italyanlar hisobni ushlash uchun o‘ynadi va buni a’lo darajada uddaladi, qolaversa jamoa ancha erta uchrashuv taqdirini hal qilishi mumkin edi: Leau avvaliga boshi bilan ajoyib zarba yo‘lladi va Luninni qahramonlik ko‘rsatishga majbur qildi, keyin esa «birga ikki» ko‘rinishidagi ideal qarshi hujumni buzib qo‘ydi. 

«Real» haddan tashqari passiv o‘ynashda davom etdi. Madridliklar faqat hakam bilan bahslashib, sariq kartochka olish bilan ajralib turishdi: 68-daqiqadan 71-daqiqagacha Vaskes, Militao va Vinisius ogohlantirildi. Keyin esa navbatdagi gol o‘tkazildi: Leau Militao va Vaskesni ortda qoldirib ketib, Reyndersni to‘p bilan ta’minladi, u esa to‘pni Luninning oyoqlari orasidan o‘tkazdi.

Madridliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan qatorasiga ikki o‘yinda jami 1:7 hisobida yutqazdi. «Real»da inqirozli holat bo‘y ko‘rsatmoqda. Jamoa YeChLning 4 turidan keyin faqat 6 ochkoga ega, «Milan»da ham shuncha, ammo bu jamoa 5-turga boshqacha kayfiyatda yo‘l olmoqda.

Gvardiola uchun shok

«Sporting» — «Manchester Siti» 4:1
Gollar:
Dyokeresh (38, 49 penalti, 81 penalti), Arauxo (46) — Foden (4). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Holand (69). 
«Sporting» – Israel, Reys (Sen-Jyust, 75), Diomande, Debast, Gonsalvesh, Trinkau (Harder, 89), Arauxo (Katamu, 75), Yulmand, Morita (Bragansa, 75), Kenda (Kuarejma, 85), Dyokeresh.
«Manchester Siti» – Ederson, Gvardiol, Akanji, Simpson-Pusi, Lyuis, Kovachich (de Bryuyne, 84), Nunesh, Silva (Gundo‘g‘an, 77), Foden, Savio (Doku, 77), Holand.
Ogohlantirishlar: Kovachich (45), Gonsalvesh (55), Savio (73), Arauxo (73), Nunesh (79), Yulmand (88).

Ruben Amorim bilan Lissabondagi so‘nggi uchrashuvi oldidan ajoyib xayrlashishdi, «Joze Alvalade»dagi tribunalardan biri murabbiyga bag‘ishlangan ulkan banner bilan yopildi. Uning xayrlashuv uchrashuvi o‘zi APLdagi eng yaxshi jamoa deb atagan «Manchester Siti»ga qarshi kechdi.

O‘yin «shaharliklar»ning kuchli pressingi bilan boshlandi. Morita esa bunga tayyor emasdi va to‘p yo‘qotganidan keyin Foden tezkor gol urdi. «Sherlar»ning eng yaxshi to‘purari Dyokeresh esa yakkama-yakka vaziyatga chiqib borganida to‘pni Ederson ustidan tashlab qo‘yishga urinib, vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Ammo shved hujumchisi bundan kerakli saboq chiqardi va Jyeovani Kendaning pasidan keyin muvozanatni tikladi, shu kuni YeChLda debyut qilgan 19 yoshli Simpson-Pyuzi unga qarshilik ko‘rsata olmadi. Bu Dyokeresh joriy mavsumda 17 o‘yinda urgan 21-gol bo‘ldi.

22-golini u ikkinchi bo‘limda Trinkau ishlagan penalti evaziga urdi, bundan oldinroq esa «Sporting» tanaffusdan qaytiboq hisobda oldinga chiqib olgandi. Bu golda ham Dyokeresh muhim ishni bajardi, u o‘zi bilan himoyachini qanot tomonga olib ketdi va Pedru Gonsalveshning pasiga Maksi Arauxo ochildi. Bu hujum Manchesterning qizil tomonidagilarning Amorim bo‘yicha kutilmalarini oshirib yuborgani tayin.

Va bu hali hammasi emasdi. Bernardu Silva Diomande tomonidan yiqitilganidan keyin mezbonlar darvozasi tomon ham penalti qo‘yildi, ammo Holandning asablari dosh bermadi. Uning nuqtadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sinini sindirib yuboray dedi, Dyokeresh esa Mateus Nunesning folidan keyin navbatdagi 11 metrlik zarbani aniq ijro etdi. Bu «Sporting» futbolchilari uchun asosiy yevrokubokda 1982 yildan buyon ilk het-trik bo‘ldi. «Siti» YeChLda oldin ham Messi va Nkunkudan uchtadan gol o‘tkazgandi, qolaversa, 2014 yilda «Real», 2016 yilda «Barselona» bilan o‘yinlarda 4 tadan gol o‘tkazib yutqazgan. Qolaversa, jamoa olti yildan buyon birinchi bor qatorasiga uch o‘yinni boy berdi.

Slot Alonsodan zo‘rroq

«Liverpul» — «Bayyer» 4:0
Gollar:
Dias (61, 83, 90+2), Gakpo (63). 
«Liverpul» – Kelleher, Tsimikas (Roberson, 80), van Deyk, Konate (Kuansa, 88), Aleksander-Arnold (Bredli, 81), Mak Allister, Gravenberh, Jons (Soboslai, 73), Gakpo (Nunes, 80), Dias, Saloh.
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie, Ta, Tapsoba, Grimaldo (Tella, 81), Garsiya (Andrix, 73), Frimpong, Jaka, Palasios (Hofmann, 73), Bonifase (Shik, 81), Virts.
Ogohlantirishlar: Garsiya (26), Gradetski (60).

«Enfild»dagi o‘yin afishasini murabbiylar dueli ham kuchaytirdi. O‘tgan mavsum davomida «Liverpul» Yurgen Klopp ketganidan keyin o‘z sobiq futbolchisi Habi Alonsoni olib kelishi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo «Real»da Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi ham aytilgan ispaniyalik mutaxassis «Bayyer»da qoldi, ammo qizillar Arne Slot tayinlanganidan afsusda emas. Mersisaydliklar bilan 2004/05 yillar mavsumida afsonaviy Istanbul finalida g‘alaba qozongan kumir esa o‘z uyidagi kabi kutib olindi.

Birinchi bo‘limda «Bayyer» tengma-teng kurashdi. Ammo o‘yinning bir soati ortda qolganidan keyin mehmonlar uch daqiqa ichida nokautga uchratildi. Avvaliga — Jons kesib o‘tuvchi pasi bilan raqib himoyachilarini ilojsiz holatda qoldirdi — Dias to‘pni Gradetski ustidan oshirib tashladi. Keyin esa Saloh Gakponi golli pas bilan ta’minladi, videohakamlar bu vaziyatda ofsayd qayd etgan laynsmenning xatosini to‘g‘riladi. Misrlik hujumchining yana bir uzatmasidan keyin Dias ikkinchi golini urdi, qo‘shimcha daqiqalarda esa kolumbiyalik hujumchi het-trigini nishonladi. Uning vatandoshlari bu turnirda bu ishni oxirgi marta 27 yil oldin amalga oshirishgandi (Faustino Asprili), Luis — Germaniya chempionlariga imkon qoldirmadi. Slot esa Chempionlar ligasidagi ilk kampaniyasini to‘rt g‘alaba bilan boshlab, Klopp grafigi bo‘yicha ketmoqda.

Rekordchi Devid

«Lill» — «Yuventus» 1:1
Gollar:
Devid (27) — Vlahovich (60, penalti). 
«Lill» – Shevale, Gudmundsson (Bakker, 81), Alessandro, Diakite, Mandi, Buaddi, Andre, Gomes (Mukau, 55), Jyegrova, Sahraui (Pardo, 87), Devid.
«Yuventus» – Di Gregorio, Kabal (Savona, 68), Kalulu, Gatti, Kambiyazo, Tyuram (Makkenni, 68), Lokatelli, Kopmeyners, Yildiz (Mbangula, 81), Konseysau, Vlahovich (Vea, 68).
Ogohlantirishlar: Kabal (62), Andre (73).

Navbati bilan «Real» va «Atletiko»ni mag‘lub etgan «Lill» «Yuventus»dan qo‘rqishi dargumon edi. Vlahovichning goli ofsayd tufayli bekor qilinishidan ko‘p o‘tmay fransuzlarning eng yaxshi to‘purari Devid hisobni ochdi. Kanadalik hujumchi o‘z ishini qildi, qolgani esa — Jyegrovaning xizmati, u maydonning ikkinchi qismida kuchli bosim ostidan chiqib ketdi va jamoadoshining yo‘liga to‘pni tashlab berdi. Qatorasiga uchinchi turda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan Devid Yusuf Yazijini ortda qoldirdi va 13 gol bilan «Lill»ning asosiy yevrokubokdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Lekin bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi, Vlahovich esa ikkinchi bo‘limda penaltini aniq ijro etib, o‘z golini baribir urdi.

«Borussiya» uy jamoasi

«Borussiya» D — «Shturm» 1:0
Gol:
Malen (86). 
«Borussiya» D – Mayyer, Bensebayni, Shlotterbek, Jan, Gross, Brandt, Nmecha, Zabitser (Malen, 68), Gittens (Kempbell, 77), Girassi, Bayyer (Azxil, 89).
«Shturm» – Sxerpen, Gazibegovich, Lavale, Ayvu, Jonston (Gayrhofer, 60), Kiteyshvili (Xorvat, 90), Chukvuani, Beving, Yalkuyye, Jatta (Zvonarek, 46), Biret (Yardimji, 75).
Ogohlantirishlar: Ilser (44), Malen (74).

«Seltik» — «Leypsig» 3:1
Gollar:
Kyun (35, 45+1), Hatate (72) — Baumgartner (23).
«Seltik» – Shmeyhel, Teylor (Valle, 68), Trasti, Karter-Vikers (Skeylz, 74), Jonston, Hatate, Makgregor, Engels (Bernardu, 68), Maeda, Furuhasi (Ida, 82), Kyun (Yan Hyon Jun, 74).
«Leypsig» – Gulachi, Henriks, Bitshiabu, Orban, Gertryuyda, Nusa (Elmaz, 68), Kampl, Aydara (Zayvald, 76), Baumgartner (Uedraogo, 76), Openda (Andre Silva, 82), Sheshko (Poulsen, 68).
Ogohlantirish: Sheshko (62).

Germaniyaning ikki vakili turli natijalar bilan tugagan qiyin o‘yinlar o‘tkazdi. Bu mavsumda safar o‘yinlarida qiyinchilikka duch kelayotgan «Borussiya» Dortmunddagi barcha o‘yinlarni o‘ziniki qilmoqda va oxirgi daqiqalarga qadar qattiq qarshilik ko‘rsatgan «Shturm»ni ham taslim etdi. O‘yin oxirida zarba berish pozitsiyasiga chiqib borgan Malen sensatsiyani bekor qildi. Qanchalik ko‘p tanqidga uchramasin, Nuri Shahin Dortmund bilan «Signal Iduna Park»da o‘tgan mavsumning dastlabki yetti o‘yinida ham g‘alaba qozongan ilk murabbiy bo‘ldi.

«Leypsig» esa, aksincha yaxshiroq boshlagandi — burchak zarbasi ijro etilganida Baumgartner hisobni ochdi. Kyun esa birinchi bo‘limning o‘zidayoq vaziyatni «Seltik» foydasiga o‘zgartirdi. U dastlab chiroyli aylanma zarbasi bilan to‘pni olis «to‘qqizlik»ka yo‘naltirdi, keyin esa bir necha metr masofadan turib darvozani o‘qqa tutdi. Bu o‘yinda darvozabonlarning o‘yini ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shmeyhel hisob 2:1 ekanida o‘ta murakkab zarbani qaytargan bo‘lsa, Gulachi esa qanotdan uzatilgan to‘pni ushlab qola olmadi va uni Hatatening oyog‘iga tashlab berdi.

Katalonlar antirekordi

PSV — «Jirona» 4:0
Gollar:
Flamingo (16), Tillman (33), Bakayoko (83), Kreychi (89, avtogol). 
PSV – Benites, Dams (Oppegor, 71), Boskali, Flamingo, Karsdorp (Saybari, 71), Mauro Junior, Tillman, Til (Babadi, 85), Lang (Driauyex, 64), de Yong (Pepi, 85), Bakayoko.
«Jirona» – Gassaniga, Blind, Kreychi, David Lopes, Martines, Klua (Garsiya, 79), Errera (Romeu, 61), Migell Gutiyerres, Xil (Kim Min Su, 79), van de Bek (Xuanpe, 61), Miovski (Stuani, 67).
Ogohlantirishlar: Martines (40), de Yong (40), Xil (48), Karsdorp (58), Dams (60).
Chetlatish: Martines (55).

«Slovan» — «Dinamo» Zagreb 1:4
Gollar:
Strelets (5) — Spikich (10), Suchich (30), Kulenovich (54, 72).
«Slovan» Bratislava – Takach, Vut, Bayrich, Kashiya (Voytko, 79), Blekmen, Savvidis (Mak, 71), Ignatenko, Marselli (Metsoko, 72), Tolich, Barsegyan (Gaydosh, 87), Strelets (Mustafich, 87).
«Dinamo» Zagreb – Zagorats, Ogivara (Per-Gabriel, 75), Torrente, Teofil-Katrin, Ristovski, Baturina (Ademi, 64), Mishich, Suchich (Kachavenda, 87), Pyatsa (Xoja, 87), Kulenovich, Shpikich (Berno, 75).
Ogohlantirishlar: Kashiya (61), Ogivara (66), Ignatenko (86).

Kunning ilk o‘yinlarida oldingi turlarda birorta g‘alabaga erishmagan jamoalar o‘zaro to‘qnashdi. Yakunda PSV nihoyat g‘alabaga erishdi, natija birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi, mezbonlarning har bir goli «Jirona» uchun alamli bo‘ldi. Dastlab mezbonlar himoyachisi Flamingo Tillman autdan tashlab bergan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi, bu vaziyatda Tillman to‘p tashlashdan oldin maydonga kirib ketgandi va gol bekor qilinishi kerak edi. Ammo VAR hakamlar xatosini tuzatmadi, Tillman esa mehmonlarni yana bir bor ranjitdi — yaqin burchakka yo‘llagan zarbasi bilan darvozabonni dog‘da qoldirdi. Qo‘shimchasiga, ikkinchi bo‘lim boshida ispanlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi va nafaqat yirik hisobda yutqazishdi, balki YeChLda ishonib bo‘lmaydigan rekord o‘rnatishdi. «Jirona» futbolchilari 4 tur davomida to‘rt marta o‘z darvozalarini ishg‘ol etib qo‘yishdi.

Guruh bosqichiga o‘tib, tarix yaratgan «Slovan» esa asosiy autsayder bo‘lib qolmoqda. Vladimir Vayss jamoasi to‘rt turdan uchtasida yirik hisobda yutqazdi, «Manchester Siti» bilan natijani tushunish mumkin, ammo jamoa Zagrebning «Dinamo»sidan ham o‘z uyida to‘rtta gol o‘tkazdi. Slovaklarning eng yaxshi to‘purari Streletsdan tezkor gol o‘tkazib yuborgan xorvatlar yakunda yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Jamoa «Bavariya»dan uchralgan 2:9 hisobidan keyin murabbiyni almashtirdi va Nenad Belitsa boshqaruvida keyingi uch o‘yinda yetti ochko jamg‘ardi.

«Bolonya» — «Monako» 0:1
Gol:
Kerer (87). 
«Bolonya» – Skorupski, Miranda (Odgor, 90+2), Lukumi, Bekema, Posh, Moro (Pobega, 46), Froyler, Fabbian (Fergyuson, 81), Ndoyye, Iling-Junior (Orsolini, 68), Kastro (Dallinga, 68).
«Monako» – Mayetski, Mavissa Elebi (Kayo Enrike, 78), Kerer, Singo, Vanderson, Magassa, Kamara (Matazo, 78), Golovin, Ben-Segir (Minamino, 71), Akliush, Embolo.
Ogohlantirishlar: Moro (27), Fabbian (53), Kamara (75), Mavissa Elebi (77), Lukumi (88).

Umumiy guruh jadvalidagi vaziyat:

Kun statistikasi

«Milan» hujumchisi Morata YeChLda sobiq jamoasi darvozasiga urgan gollari sonini 3 taga yetkazdi. Bungacha Benzema, Shupo-Moting va Krishtianu Ronalduda ham shunchadan edi. Ibrahimovich esa 5 gol bilan yaqqol yetakchi.

«Real» Chempionlar ligasida (Chempionlar kubogi bilan birgalikda) 7-bor «Milan»ga yutqazdi. Madridliklar asosiy yevrokubokda bundan ko‘proq faqat «Bavariya» (11) va «Yuventus»ga (9) yutqazgan.

«Monako» turnirda qatorasiga 23 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlay olmayapti. Jamoa oxirgi bor 2016 yil 2 noyabrda TsSKA bilan o‘yinda gol o‘tkazmagandi (3:0).

PSV forvardi Lyuk de Yong niderland klublari bilan yevrokuboklarda o‘tkazgan o‘yinlar soni 85 taga yetdi. Faxriy futbolchi Villi van de Kerkhof, Danni Blind va Nik Virgeverdan o‘zib ketib, milliy rekord o‘rnatdi.

«Real» Luka Modrich YeChLda «Real» safida 99-marta boshlang‘ich tarkibda chiqdi. Bu yarimhimoyachilar uchun klub rekordi hisoblanadi, bungacha faoliyatini yakunlagan Toni Kroos eng yaxshi ko‘rsatkichga ega edi.

Mavzuga oid