Jahon | 09:14 / 16.06.2023
7113
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Pentagon maxfiy hujjatlarini oshkor qilgan Teysheyraga ayblov qo‘yildi

Foto: AP

Hakamlar hay’ati Pentagon maxfiy hujjatlarini oshkor qilganlikda gumonlanayotgan 21 yoshli Jyek Teysheyraga ayblov qo‘ydi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi saytidagi bayonotda aytiladi.

Teysheyraga milliy mudofaa sirlari ma’lumotlarini qasddan saqlash va uzatishda oltita ayblov e’lon qilindi.

“Ayblov xulosasida ta’kidlanganidek, AQSh hukumati Jyek Teysheyraga milliy mudofaa ma’lumotlari, jumladan oshkor etilsa, milliy xavfsizlikka o‘ta jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish huquqini ishonib topshirgan”, dedi bosh prokuror Merrik Garland.

Har bir bandda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, uch yilgacha shartli ravishda ozod qilish va 250 ming dollargacha jarima ko‘zda tutilgan.

Teysheyra 13 aprel kuni AQSh maxfiy hujjatlarini e’lon qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. Erkak ishlagan AQSh harbiy-havo kuchlari bo‘limi tergov davomida razvedka ishlarini to‘xtatdi.

May oyida The Washington Post gazetasi Teysheyra chet el fuqarolariga maxfiy ma’lumotlarni uzatgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.

Mavzuga oid