Yangihayotdagi uyda liftlar aholiga nosoz holatda topshirilgani ma’lum bo‘ldi
Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Yangihayot tumanida lifti qulab tushgan 16 qavatli turar joy majmuasini “LAND HOUSE” MChJ qurgan. Uy bundan 1 oy avval - 2023 yil may oyida foydalanishga topshirilgan.
Yangihayotda “LAND HOUSE” MChJ tomonidan qurilib, 2023 yilning may oyida foydalanishga topshirilgan “dom”ning aholi uchun ajratilgan 2 ta lifti nosoz holda bo‘lgani aniqlandi. Shu sababli, fuqarolar yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.
Ma’lum qilinishicha, 18 iyun kuni Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY, 17-sonli ko‘p qavatli uyning yuk tashishga mo‘ljallangan lifti pastga tushishda tezlashib ketgan. Bu paytda fuqarolar foydalanishi mo‘ljallangan 2 ta liftda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Shu sababli, fuqarolar yuk tashishga mo‘ljallangan liftdan foydalangan.
«Liftga belgilangan vazndan ko‘p miqdorda, ya’ni 1 tonnadan oshiq, 13 nafar fuqaro 16-qavatdan mingan. Ularning 2 nafari yosh bola bo‘lgan. 10-qavatga kelganda liftning tushish tezligi tezlashib ketgan hamda ichidagi fuqarolarning hayoti xavf ostida qolgan. Ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 6 nafar fuqaroning oyog‘i singan hamda ular reabilitatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga uyiga ruxsat berilgan», deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Kun.uz muxbiri kecha tunda voqea joyida bo‘lib, hodisa guvohlari bilan suhbatlashgandi. Voqea guvohlari ushbu lift oldinroq ham 3-qavatdan pastga “qulagani” va tormozi ishlab, ushlab qolganini bildirishgan.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024