O‘zbekiston | 11:58 / 26.06.2023
9168
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi – gender tenglik faoli

So‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini hamda jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Foto: O‘zcharmsanoat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishda tub burilish yasadi.

Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.

Foto: O‘zcharmsanoat

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida ham gender tenglik masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning safi yildan yilga kengayib bormoqda. Bugungi kunda sohada 71 mingdan ortiq ishchilar ishlayotgan bo‘lsa, ulardan 30 mingga yaqini aynan ayollar. Ular orasida rahbarlar ham bor. Korxonalarda xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilgan. Ularning mehnatiga munosib ish haqi to‘lab boriladi, homilador, voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan va boshqa toifadagi ayolar uchun qo‘shimcha imkoniyat va yengilliklar yaratilgan. Jumladan, yosh bolasi bor ayollarga qisqartirilgan (haftasiga 35 soatdan oshmagan) ish kuni belgilangan, ular qo‘shimcha ta’til olish huquqlariga ega, og‘ir, zararli ishlarga qo‘yilmaydi.

2023 yilda 130 ta yangi va mavjud korxonalarning modernizatsiya qilinishi evaziga, hududlarda 9 ming nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan xotin-qizlar ulushi 30% – 2 700 nafarni tashkil etadi. Yaratilgan yangi ish o‘rinlariga malakali kadrlar tayyorlash maqsadida hududlardagi ishsiz xotin-qizlar asosan, tikuvchilik, dizayner lavozimlariga o‘qitiladi. Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va Uyushma hamkorlikda, uyushmaning “Dizayn markazi” bilan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Foto: O‘zcharmsanoat

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi natijalari bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilishi oldimizga katta mas’uliyat yuklaydi. Tashkilotimiz kelgusida xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, gender tenglik tamoyiliga asoslangan sifatli ish tizimini yanada mustahkamlash yo‘lida ish olib boramiz”, - dedi uyushma raisi Faxriddin Boboyev.

Mazkur tanlov har yili xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, oila va ayollar huquqlarini ta’minlash, xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni rag‘batlantirish maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkaziladi.

Ayni paytda Uyushma markaziy apparatida 50 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ulardan 20 nafari xotin-qizlar bo‘lib, shundan 4 nafari bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Foto: O‘zcharmsanoat

Charmsanoat tarmog‘ida malakali dizayner va texnolog ayol kadrlarni tayyorlash maqsadida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan qator chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, hayotga joriy etilmoqda. Xususan, Uyushma hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinadigan “UzCharmStyle” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etuvchi qatnashuvchilarning 60 foizdan ortig‘ini yosh talaba qizlar tashkil etadi. Ularning ijodiy ishlarini mahalliy korxonalarda amalga oshirish bo‘yicha alohida dastur asosida ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, talaba qizlarning xorijda malaka oshirishlari uchun Turkiya, Buyuk Britaniya, Belorus, Rossiya universitetlari bilan imzolangan hamkorlik shartnomalariga asosan xorijda o‘qish istagida bo‘lgan talaba qizlarni ushbu davlatlardagi oliy ta’lim muasasalarida taxsil olishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Hududlarda “Ayollar daftari”, “Temir daftar”larga kiritilgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasining “Charm va poyabzal dizayni markazi” shu’ba korxonasi hamkorligida “Ayollarni kasbga o‘rgatish” maxsus o‘quv dasturi tayyorlanmoqda. Hududlardagi ishsiz xotin-qizlar mahalliy charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga tikuvchi va dizayner lavozimlariga o‘qitiladi.

Mavzuga oid