Buxoroda 16 tup daraxtni kesgan shaxsga nisbatan ish ochildi
Buxoro shahrida fuqaro fevral oyida 16 tup daraxtni kesib tashlab tabiatga 259 mln so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan ish ochilib, sudga yuborildi.
Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi Buxoro shahrida ko‘p qavatli uy-joy qurilishi belgilangan joyda 16 tup daraxt hamda butalar kesilgani bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib, natija haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, harakat Buxoro shahar Pridastgir ko‘chasi 3/7-uy va Alpomish ko‘chasi 14-uy orasida ko‘p qavatli uy-joy qurilishi belgilangan hududda fuqaro Q.Q tomonidan sodir etilgan. Huquqbuzarlikka jinoyat alomatlari mavjudligi uchun Buxoro shahar Prokuraturasiga hujjatlar taqdim etilgan.
Unga ko‘ra, fuqaro Q.Q ga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan 1 350 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 259 mln so‘m hisoblanib, hujjatlar sudga taqdim etildi.
- Shu yil fevral oyida «Potrebitel Buxara» Telegram-kanalida Buxoro shaharida ikki uy orasida ko‘p qavatli uy-joy qurilishi belgilangan joyda 16 tup daraxt hamda butalarni kesgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:13 / 31.10.2024
Tipratikan yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida Qizil kitobga kiritildi
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
22:52 / 25.10.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Orol dengizini qutqarishda hamkorlik qiladi
15:34 / 24.10.2024