O‘zbekiston | 08:07 / 05.07.2023
10879
1 daqiqa o‘qiladi

Elektrdan noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi uch viloyat hissasiga to‘g‘ri kelyapti

Iyun oyida 6,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Foto: Getty Images

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda iste’molchilar tomonidan 13,1 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd so‘m zarar keltirilgan. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Mavzuga oid