Jahon | 08:29 / 21.07.2023
7805
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington: Ukraina AQSh kassetali o‘q-dorilaridan to‘g‘ri foydalanyapti

Vashington Qo‘shma Shtatlar tomonidan yetkazib berilgan kassetali o‘q-dorilar allaqachon Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanilayotganini tasdiqladi. 

Foto: MAGNUM PHOTOS

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining dastlabki baholashiga ko‘ra, kassetali o‘q-dorilardan «samarali va maqsadga muvofiq» foydalanilmoqda. Bu haqda Kirbi 20 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi. 

Ukraina kassetali o‘q-dorilardan faqat dushman kuchini siqib chiqarish uchun foydalanishga va’da berdi, deb eslatadi Reuters.

AQSh Ukraina qurolli kuchlariga topshirishga va’da bergan kassetali o‘q-dorilar allaqachon Ukrainada, dedi Pentagon qo‘shma shtabi operatsiyalar bo‘yicha direktori Duglas Sims jurnalistlarga. 

Simsning CNN tomonidan iqtibos keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «rossiyaliklardan farqli ravishda tinch aholiga yaqin joyda kassetali o‘qlardan foydalanishdan manfaatdor emas». 

Avvalroq Ukraina qurolli kuchlari qo‘shinlarining «Tavriya» guruhi qo‘mondoni general Aleksandr Tarnavskiy CNN telekanaliga Ukraina qo‘shinlari AQShdan kassetali o‘q-dorilar olgani, biroq ulardan hali foydalanmaganini ma’lum qilgandi. 

Mavzuga oid