Pistorius Polshani NATO va Germaniya uni himoya qilishga tayyorligiga ishontirdi
Bir kun oldin Minsk «Vagner» XHK bilan Polsha chegarasi yaqinida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishini e’lon qildi, Varshava buni provokatsiya deb atadi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Polshani Germaniya va NATO zarurat tug‘ilganda uning sharqiy chegarasini himoya qilishga tayyorligiga ishontirdi, deb xabar berdi 21 iyul, juma kuni Reuters. «Polshalik hamkorlar qayerda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lsa, ular yordam oladi. Ular NATO bo‘yicha hamkorlar va ishonchli NATO ittifoqchilari, shuning uchun biz tayyormiz, desak xato bo‘lmaydi», dedi Pistorius Pragaga tashrifi chog‘ida chexiyalik hamkasbi Yana Chernoxova bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq Polsha hukumati Belarusda Polsha chegarasi yaqinida «Vagner» XHK yollanma askarlari borligi sababli mamlakat sharqidagi qo‘shinlar sonini oshirayotganini ma’lum qilgandi. Hukumat vakili qancha qo‘shin qayta joylashtirilishiga aniqlik kiritmadi, deb xabar beradi PAP.
Belarus Mudofaa vazirligi ushbu mamlakat qurolli kuchlari Polsha chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan «Bresskiy» poligonida «Vagner» XHK jangchilari bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar berdi. Polsha hukumati xavfsizlik qo‘mitasi kotibi Zbignev Xoffman qo‘shma mashg‘ulotlarni «provokatsiya» deb atadi. Uning fikricha, Varshava Rossiya-Belarus qo‘shma harakatlarini hisobga olishi kerak.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 iyul kuni Xavfsizlik kengashining haftalik yig‘ilishida 10 daqiqalik nutq so‘zlab, Polsha «Belarus va Ukraina yerlari haqida orzu qilishi» va Rossiya Belarusga hujumni o‘ziga qarshi tajovuz sifatida ko‘rishini aytdi.
Putin, shuningdek, Polshaning g‘arbiy hududlarini «Stalin sovg‘asi» deb atadi. «Varshavadagi do‘stlarimiz buni unutib qo‘yishdi, biz sizga eslatamiz», dedi u nima demoqchi ekanligini tushuntirmasdan.
Mavzuga oid
13:14 / 09.11.2024
Polsha: RF maxsus xizmatlari AQShga reyslarda portlashlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin
23:43 / 05.11.2024
Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
23:56 / 04.11.2024
Polshada radiostansiya jurnalistlarni ishdan bo‘shatib, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tdi. Bu jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi
14:50 / 04.11.2024