Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 5,3 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 4,4 mlrd hamda 2,2 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Koreya – 1,0 mlrd;
- Germaniya – 929 mln;
- Qirg‘iziston – 484 mln;
- Turkmaniston – 439 mln;
- Fransiya – 388 mln;
- Afg‘oniston – 371 mln.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd dollarga yoki 19,4 foizga oshgan.
6 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd dollar va import 17 mlrd dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
23:30 / 14.11.2024
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
18:44 / 12.11.2024