O‘zbekiston | 15:56 / 28.07.2023
42773
3 daqiqa o‘qiladi

16 ta tuman IIB boshliqlari hamda 6 tuman prokurori ishdan olindi

Bahriddin Valiyev, Shavkat Rahmonov va Bekmurod Abdullayevga hayfsan berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari va IIV rahbarining ikki o‘rinbosariga hayfsan berildi.

«Jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosari B.Abdullayevga hayfsan e’lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman IIB boshliqlari va prokurorlar ishdan olindi.

Lavozimidan ozod etilgan tuman IIB boshliqlari:

  • Sergeli tumani IIB boshlig‘i Ramziddin Muhiddinov;
  • Yangihayot tumani IIB boshlig‘i Murat Raimov;
  • Shayxontohur tumani IIB boshlig‘i Bobir Malikov;
  • G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘i Azimjon Xoliqov;
  • Kogon tumani IIB boshlig‘i Umidjon Hasanov;
  • Tuproqqal’a tumani IIB boshlig‘i Ixtiyor Allaberganov;
  • Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i Talg‘at Qdirbayev;
  • Tomdi tumani IIB boshlig‘i Rustam Ro‘ziyev;
  • Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘i Dilshod Umarov;
  • Oltinsoy tumani IIB boshlig‘i Odil Jiyanov;
  • Zafarobod tumani IIB boshlig‘i Oybek Eshbekov;
  • Boyovut tumani IIB boshlig‘i Jahongir Abramov;
  • Guliston tumani IIB boshlig‘i Shodiyor Ibragimov;
  • Mingbuloq tumani IIB boshlig‘i G‘ayratjon G‘aniyev;
  • Oltinko‘l tumani IIB boshlig‘i Turg‘unov Azizbek.

(Yig‘ilish davomida Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i Nurilla Sultonov hamda O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i Baxtiyorjon Najmiddinov ham ishdan olindi).

Ishdan olingan prokurorlar:

  • Andijon tumani prokurori Habibullo Qobulov;
  • Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanov;
  • Buvayda tumani prokurori Sherzodbek Mirjavharov;
  • Narpay tumani prokurori Jahongir Bozorov;
  • Yunusobod tumani prokurori Olimjon Azimov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi (yig‘ilish davomida Rishton tumani prokurori Rustamjon Madaliyev ham ishdan ketdi).

Mavzuga oid