Sport | 10:41 / 28.07.2023
2190
1 daqiqa o‘qiladi

Benzema «Al-Ittihod»dagi debyutida gol va assist bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi

Karim Benzema Saudiya Arabistoni jamoasidagi debyutini gol, assist va g‘alaba bilan boshladi.

Foto: Getty Images

Arab chempionlari kubogi doirasidagi 1-tur o‘yinida «Al-Ittihod» Tunis chempioni «Esperans»ga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda Benzema asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, Kante 2-bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushib, debyutini o‘tkazdi.

Benzema o‘yinning 35-daqiqasida jamoasining goliga assistentlik qilgan bo‘lsa, 55-daqiqadagi goli evaziga g‘alaba keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, Ar-Riyod klubi 3 ochko bilan «A» guruhi peshqadamiga aylanib oldi. Klub 2-turda 30 iyul kuni Tunisning yana bir klubi «Sfaksen»ga qarshi maydonga tushadi.

Arab chempionlari kubogi. A guruhi. 1-tur
Esperans – Al-Ittihod – 1:2

Gollar: Bugerra 26 – Hamdulla 35, Benzema 55.

Mavzuga oid