O‘zbekiston | 14:41 / 29.07.2023
15883
7 daqiqa o‘qiladi

JETOUR kompaniyasi vitse prezidenti ilk bor O‘zbekistonda!

Joriy yilning iyul oyida Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi «JETOUR AUTO INTERTIONAL COMPANY» vitse prezidenti Jak Chen O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Vitse prezident mamlakatimizda 2021 yildan boshlab «Jetour Uzbekistan» brendi ostida «AUTO MOTORS ASIA» MChJ kompaniyasi bilan rasmiy faoliyat yuritayotgan korxona faoliyati bilan batafsil tanishib chiqdi.

Foto: JETOUR

Tashrif mobaynida Jetour avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori «AUTO MOTORS ASIA» MChJ kompaniyasi rahbariyati bilan dilerlik tarmog‘ini kengaytirish haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, shuningdek, O‘zbekiston bozorida nechta dilerlik markazlari faol ishlayotgani, yaqin kelajakda qancha rasmiy dilerlik va servis markazlari paydo bo‘lishi muhokama qilindi.

Jak Chen kompaniyaning bosh maqsadi bu har bir xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish ekanligi, undan tashqari O‘zbekistondagi yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, bilim va tajribasini oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga borib amaliyot o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yishni, bu bo‘yicha barcha xarajatlarni «JETOUR AUTO INTERTIONAL COMPANY» kompaniyasi hisobidan ta’minlashni ta’kidladi. Amaliyotni tugatib kelgan hodimlarni esa zamonaviy kompyuter diagnostika qurilmalari bilan ta’minlashga moddiy va ma’naviy jihatdan tayyor ekanliklari bildirildi. Yaqin kelajakda respublikamizga yanada yangi modeldagi avtomobillarni kiritish bo‘yicha rejalar tuzildi. Suhbat yakunida bir nechta shartnomalar imzolandi.

Jak Chen Jetour Uzbekistan servis tizimiga alohida to‘xtalib, mamlakatimizga kirib kelayotgan “Jetour” brendi ostidagi barcha avtomobillarni faqat rasmiy dillerlik markazlaridan xarid qilishga chaqirdi. Chunki avtomobillar eksporti ma’lum bir mintaqalar tabiiy muhitini hisobga olib yo‘naltirilishini ta’kidladi. U shuningdek, kompaniya tomonidan berilayotgan rasmiy kafolatlar shundagina haqqoniy bo‘lishiga urg‘u berdi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, rasmiy servis markazida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, norasmiy servis markaziga qaraganda bir qator afzalliklarga ega.

1. Servis hodimlarining avtomobil haqida chuqur bilim va tajribaga ega ekanligi: ya’ni barcha servis markazlarining texnik xodimlari maxsus tayyorgarliklardan o‘tadi hamda mavjud material va yangiliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ularga so‘nggi ishlanmalar va xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

2. Asl ehtiyot qismlar va uskunalar: rasmiy servis markazlarida, Xitoydagi Jetour zavodi tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan va sinovdan o‘tkazilgan asl ehtiyot qismlar foydalaniladi.

Bu, o‘z navbatida, mukammal muvofiqlikni hamda avtomobilning optimal ishlashini kafolatlaydi.

Norasmiy servis markazlarida ushbu ehtiyot qismlarning analoglari yoki soxtalaridan foydalanishlari mumkin va bu esa avtomobilning ravon yurishi hamda xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.                                                                                                         

3. Kafolat va servis dasturlari: rasmiy servis markazlarida xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

4. Diagnostika uskunalari va texnologiyalari: Jetour rasmiy dillerlik markazlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy diagnostika uskunalari va texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa avtomobilning muammolarini tez va aniq topish hamda shu kabi moammalarni tezkor yechimini topish imkonini beradi.                   

5. Xizmat ko‘rsatish sifati va ishonchliligi: Kompaniya har doim ishlab chiqaruvchining standartlariga amal qilgan holda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va ishonchlilikni ta’minlashga intiladi. 

6. Rasmiy ma’lumotlar, xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomalari va ishonchli kafolat: rasmiy servis markazlari bajarilgan ishlar uchun kafolat beradi, bu esa mijozlarga qo‘shimcha xotirjamlik bag‘ishlaydi. Jetour brendi mijoz uchun sifatli xizmat tamoyili asosida faoliyat yuritadi va barcha ishlarni o‘z vaqtida va hatto kelishilgan muddatdan ham tezroq bajarishga intiladi.

Xulosa qilib aytganda, brend distribyutori sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish hamda mijozlar bilan ishlashga katta ahamiyat beradi.

7. Kafolat muddati va mijozlarga qulaylik: Jetour avtomobillariga, ishlab chiqaruvchining 5 yillik yoki 150 000 km masofani bosib o‘tish kafolati amal qiladi. Shu bilan birga, avtomobil O‘zbekiston respublikasidagi qaysi rasmiy dilerdan xarid qilinganidan qat’iy nazar, mijoz O‘zbekiston hududidagi istalgan rasmiy dilerlik servis markaziga murojaat qilishi hamda yuqori sifatdagi servis va kafolatli xizmat ko‘rsatilishiga erishishi mumkin.

Aholimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida hozirda respublikamiz hududida 8ta viloyatda 10 ta, Qoraqalpog‘iston respublikasida 1 ta, Toshkent shahrida 6 ta filiallarimiz o‘z faoliyatini olib bormoqda.                                                                                                    

  • Andijon viloyati: +998-97-581-65-00
  • Buxoro viloyati: +998-88-865-99-77
  • Farg‘ona viloyati: +998-77-254-03-33
  • Jizzax viloyati: +998-33 -778-07-87
  • Namangan viloyati: +998-93-210-04-04
  • Qashqadaryo viloyati: +998-99-025-56-55
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: +998-99-734-03-33
  • Samarqand viloyati: +998-99-777-00-53
  • Toshkent shahri: +998-90-330-03-03
  • Xorazm viloyati: +998-99-958-03-33

Reklama

Mavzuga oid