Iqtisodiyot | 09:25 / 31.07.2023
15924
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgani ma’lum qilindi

2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan jami sanoat korxonalarining soni 69 628 tani tashkil etmoqda.

Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, ular barcha korxonalarning 14,6 foiziga teng. Shundan 68 746 tasi kichik biznes sub’yektlaridir.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 11 452 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

Farg‘ona viloyatida – 7 949 ta;
Toshkent viloyatida – 7 123 ta;
Samarqand viloyatida – 6 238 ta;
Andijon viloyatida – 5 513 ta;
Namangan viloyatida – 5 077 ta;
Buxoro viloyatida – 4 210 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 4 058 ta;
Xorazm viloyatida – 3 995 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 3 372 ta;
Navoiy viloyatida – 3 211 ta;
Surxondaryo viloyatida – 3 194 ta;
Jizzax viloyatida – 2 715 ta;
Sirdaryo viloyatida – 1 521 ta.

Mavzuga oid