Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar ekologiya inspektoriga tan jarohati yetkazdi
U xizmat vazifasini o‘tayotgan paytda qarshilikka uchragan.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani inspektori A.Mirzaahmedovga xizmat vazifasini o‘tayotgan paytida tan jarohati yetkazildi. Voqea 10 avgust kuni yuz bergan.
Qayd qilinishicha, inspektor somondan bo‘shagan yer maydonlari yoqib yuborilgani holatini o‘rganish maqsadida Ohangaron tumanidagi «Oybuloq» va «Ubay» mahallasi hududida joylashgan «T.B.» fermer xo‘jaligiga borgan. Shunda unga bir guruh shaxslar qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan va tan jarohati yetkazgan.
Inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilgani va uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
18:09 / 25.10.2024
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi
12:30 / 24.10.2024
Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYoQSh aniqlandi
13:30 / 22.10.2024