Jahon | 15:30 / 11.08.2023
19962
6 daqiqa o‘qiladi

Zaporijjyaga raketa zarbasi va Kiyevda IT-forum. Urush suratlari

Ukrainada urushning 533-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Bryansk oblasti ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralandi, deb xabar bergan region gubernatori.
  • Polsha Belarus bilan chegaraga o‘n ming harbiy joylashtiradi.
  • Rossiyalik harbiylar Zaporijjyani o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan.
  • Sud Ukraina madaniyat vazirligining Ukraina provoslav cherkovining Kiyev-Pechersk lavri «mulkidan foydalanishdagi to‘siqlarni bartaraf etish» bo‘yicha da’vosini qanoatlantirdi. Endi monaxlar hududdan chiqarib yuborilishi mumkin.
  • RF bosh prokuraturasi Conflict Intelligence Team’ni «xush ko‘rilmaydigan» tashkilot deb e’lon qildi.
  • «Yandeks» asoschilaridan biri Arkadiy Voloj 2022 yil fevralidan buyon ilk bor urush bo‘yicha bayonot berib, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoraladi.
  • RF mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopolga 11 dron tomonidan uyushtirilgan hujum bartaraf etilganini ma’lum qildi.
  • Moskva shahri meri Sergey Sobyanin xabar berishicha, shaharga kirib kelishda ikki dron urib tushirilgan. Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishda cheklovlar joriy etilgan. 

Kun kadri. Donetsk oblastidagi oldingi chiziq

Donetsk oblastining shahar tipidagi Nyu-York posyolkasi atrofida ko‘tarilgan tutun. Urushga qadar ushbu posyolkada qariyb o‘n ming kishi yashagan, hozir bu yerda mingga yaqin odam qolgan. Bu yerdan front chizig‘iga qadar masofa bir kilometr ham chiqmaydi va Rossiya qo‘shinlari tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutiladi.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency/ABACAPRESS/ddp images / Vida Press

Zaporijjya bo‘ylab zarbalar

Zaporijjya oblasti rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporijjya shahri bo‘ylab raketa zarbasi yo‘llanishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan, ular orasida to‘rt bola bor. Bu haqda 10 avgust kuni kechqurun Zaporijjya oblasti harbiy ma’muryati rahbari Yuriy Malashko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini fuqarolik infratuzilma obektiga hujum qilgan. Ammo gap aynan qaysi obekt haqida ketayotgani xabar qilinmagan. BBC rus xizmati aniqlashicha, zarba nishoni ko‘pincha BMT xodimlari kelib joylashadigan Reikartz mehmonxonasi bo‘lgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy matbuot xizmatiga ko‘ra, otishmalardan keyin yong‘in boshlangan. Zelenskiy hujumda RF qo‘shinlarini ayblagan. Rossiyadagi urush tarafdori bo‘lgan telegram-kanallar harbiylar xorijlik yollanma jangchilar va Ukraina QK harbiylari joylashgan nuqtaga zarba berganini aytishmoqda.

Rossiyaliklar raketa zarbasi kelib tushgan joy
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Politsiya va harbiylar Zaporijjya o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan aholi vakili jasadi yonida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Zaporijjyaga yo‘llagan raketa zarbasi vaqtida vayron bo‘lgan cherkov oldidagi qutqaruvchilar
Marina Moiseyenko / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya hujumi vaqtida yaralangan 66 yoshli o‘qituvchi Natalya Tereshchenkoni kardiopulmoner reanimatsiya orqali o‘ziga keltirishga urinayotgan ko‘ngilli. Uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan
Andrii Dubchak / Reuters / Scanpix / LETA
Andrii Dubchak / Reuters / Scanpix / LETA
Natalya Tereshchenko jasadi atrofidagi zaporijjyaliklar
Andrii Dubchak / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya raketa zarbasi kelib tushgan joylardan biri
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyevda IT-forum

Keng ko‘lamli bosqin tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Kiyevda yana iForum o‘tkazildi — bu Ukrainadagi eng yirik ikki texnologiya marosimidan biri hisoblanadi. Konferensiyaning E-commerce-yo‘nalishi rahbari Oleksandr Kolbaning so‘zlariga ko‘ra, iForum 2023 yilda qaytgani — «IT Ukraina kelajagini rejalashtirayotganidan messej beradi». Bu yil forumda paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlardan biri — sun’iy intellekt, harbiy texnologiyalar, kelajak Ukrainasi.

Forumga tashrif buyurganlardan biri dronni ko‘zdan kechirmoqda
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Forumga tashrif buyurganlardan biri Dracarys kompaniyasi harbiy avtomobilida suratga tushmoqda. Ular ishlatilgan dvigatellar va eski avtomobil qismlaridan yig‘iladi. Murakkab elektronika yo‘qligi ham avtomobilni dala sharoitida osongina ta’mirlashga imkon beradi. Foto: Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixaylo Fedorov (o‘ngda) iForum forumida dronlar haqida aytib bermoqda.
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid