Erkin Muhiddinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Bugun, 12 avgust kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, sessiya ishida O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi G‘ofur Mirzayev va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Erkin Muhiddinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.
E.Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini (Yaponiya) tamomlagan.
Erkin Muhiddinov ushbu tayinlovga qadar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:30 / 19.07.2024
Toshkent viloyatida artizan quduqlarni qazishga ajratilgan 600 mln so‘mni o‘zlashtirganlar aniqlandi
08:24 / 15.07.2024