O‘zbekistonning eng yirik ish beruvchi korxonalari ma’lum qilindi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ katta ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mamlakatning eng yirik ish beruvchisi hisoblanadi. Uning tarkibida 77 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi ma’lumot (.pdf) berdi.
Qayd qilish joiz, «O‘zbekiston temir yo‘llari» xodimlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati»dan (46 mingdan ortiq ishchi) qariyb 2 barobar ustunlikka ega. «O‘zbekneftegaz» tizimida 34 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi – bu uchinchi ko‘rsatkich.
O‘zbekistonda 2023 yil 1-yarimyillikdagi eng yirik ish beruvchi 5 ta korxona (ishchilar soni):
«O‘zbekiston temir yo‘llari» - 77091;
«Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati» - 46654;
«O‘zbekneftegaz» - 34491;
«Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» - 33837;
«O‘zavtosanoat» - 30260.
Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» (25841), «O‘zkimyosanoat» (22720), «O‘zbektelekom» (17017), «Hududgazta’minot» (16386), «O‘zmetkombinat» (11548) korxonalari yuqori o‘ntalikdan joy olgan.
Mavzuga oid
21:10 / 20.09.2024
Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi
10:08 / 02.09.2024
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
12:30 / 01.09.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
22:16 / 30.08.2024