Iqtisodiyot | 07:41 / 22.09.2023
21175
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qoldi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 8,3 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 6,2 mlrd hamda 2,9 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 2,1 mlrd;
- Koreya – 1,5 mlrd;
- Germaniya – 708 mln;
- Qirg‘iziston – 679 mln;
- Fransiya – 582 mln;
- Afg‘oniston – 544 mln;
- Turkmaniston – 517 mln.
Mavzuga oid
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024