O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdo ko‘rsatkichini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi
Oxirgi 6 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb 2,5 barobar oshib, 4,6 milliard dollarni tashkil etdi.
Joriy yilning 22 sentabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida tomonlar joriy qo‘shma loyiha va kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, transport-logistika va hududlararo hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini atroflicha ko‘rib chiqdi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘sishining ijobiy dinamikasini qayd etdi. Oxirgi 6 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 2,5 barobar oshib, 4,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va ko‘lamini kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobil, elektr jihozlari, qora metallar, neft-gaz mahsulotlarini yetkazib berish hisobiga savdo ko‘rsatkichlarini yaqin yillarda 10 milliard dollargacha oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Joriy yilning bahorida tashkil etilgan va o‘tgan oylarda 1,3 million dollarlik mahsulot eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi bunga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024
RF transchegaraviy savdo bozoriga kirishni cheklamoqchi
08:20 / 23.10.2024