Investitsiya vazirining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Olimxon Rustamov va Sarvar Hamidov lavozimidan ozod etildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Rustamov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimini tark etgan. Hamidovning iste’fosiga esa sabab ko‘rsatilmagan.
Rustamov 2019 yil sentabridan iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2021 yildan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Ishdan olingan yana bir o‘rinbosar Sarvar Hamidov esa 2023 yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning to‘rt nafar o‘rinbosari qolmoqda: Nozim Xolmurodov (birinchi o‘rinbosar), Xurram Teshaboyev, Oybek Hamroyev va Bahriddin Obidov.
Mavzuga oid
16:12 / 05.01.2024
Investitsiyalar vazirligi xodimi fuqaroni AQShga yuborishini aytib pul olayotganda ushlandi
10:13 / 05.10.2023
Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
07:46 / 25.05.2022
Xitoy O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 million dollar ajratdi
07:30 / 10.02.2022