Jahon | 16:46 / 29.09.2023
20566
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmutning bugungi ko‘rinishi va dron boshqarishni o‘rganayotgan askar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 582-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin 30 sentabrni «Birlashish kuni» sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi — shu kuni Rossiya Ukrainaning to‘rt hududini anneksiya qilgan.
  • Polsha bosh prokurori 2022 yil noyabrida Pshevoduvga qulagan va ikki kishini o‘ldirgan raketa ukrainlarniki bo‘lganini tasdiqladi.
  • Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiya rejimiga amal qiladi, dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev, tafsilotlarga to‘xtalmasdan.
  • Volodimir Zelenskiy NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ukraina prezidenti qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishni so‘radi.
  • «Rossiya ozodligi» legioni Belgorod oblastida reyd o‘tkazgani haqida ma’lum qildi. Region rasmiylari diversantlar RF hududiga bostirib kirganini inkor etdi, ammo chegarada to‘qnashuv bo‘lganini tasdiqladi.
  • RF qo‘shini dronlar bilan Ukraina hududiga yoppasiga hujum uyushtirdi. 44 ta uchuvchisiz uchar qurilmalarning 34 tasi urib tushirilgan.
  • Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotiga ko‘ra, Eron va Rossiya uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. BMT Xavfsizlik kengashining bunday kelishuvni taqiqlovchi rezolyutsiya amal qilish muddati 18 oktyabrda tugaydi.

Lviv. Frontda qo‘l-oyog‘idan ayrilgan ukrain askarlarining reabilitatsiya jarayoni

Xerson oblastidagi qarshi hujum vaqtida yaralangan ukrain askari. «Bukilmas» reabilitatsiya markazi, Lviv
Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukrain harbiylari fizioterapiya vaqtida
Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukrainalik askar mashq qilmoqda. U Ukrainaning Maryinka shahri hududidagi qarshi hujumi vaqtida og‘ir jarohatlangan
Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Izyum. Shahar ozod etilganining 1 yilligi

Ukraina qo‘shini Xarkiv oblastida rossiyaliklar tomonidan urushning ilk oylarida egallab olingan Izyum shahrini 2022 yil sentabrida ozod qilishgandi. Shahar ozod etilganining bir yilligiga Getty Images fotografi Kris Makgrat shaharning oq-qora panoramalari seriyasini nashr etdi.

Bolalar maydonchasida vayron bo‘lgan bino qoldiqlari
Chris McGrath / Getty Images
Qurbonlarning rangi o‘chib ketgan fotosuratlaridan o‘rnatilgan yodgorlik. Ular aviazarba kelib tushgan uylardan birida yashagan
Chris McGrath / Getty Images
Vayron bo‘lgan do‘kon yonidan o‘tayotgan izyumlik ayol
Chris McGrath / Getty Images
Avtomobildagi yozuv: «Izyum — real imkoniyatlar makoni»
Chris McGrath / Getty Images
Vayron bo‘lgan gimnaziya derazasidan ko‘rinayotgan cherkov
Chris McGrath / Getty Images
Harbiy yodgorlik yaqinida arqon tortayotgan rossiyalik va ukrainalik askarlar tasvirlangan graffiti
Chris McGrath / Getty Images

Xarkiv oblasti Kupyansk shahridagi ko‘cha

Ukrain qo‘shini keng ko‘lamli bosqin boshida ishg‘ol etilgan Kupyansk shahrini 2022 yil sentabrida ozod etgandi. Bir yil o‘tgandan keyin ham shahar o‘qqa tutilishi davom etmoqda.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblasti prokuraturasi xabar berishicha, 27 sentabr kuni rossiyalik harbiylar region shimolini — Konstantinovka shahrini, Toretsk va Kalinovka posyolkalarini o‘qqa tutgan. Prokuratura xabariga ko‘ra, hujum oqibatida mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi yaralangan. Otishma oqibatida gaz quvuri, elektr tarmog‘i va o‘nlab uylar hamda boshqa qurilmalar shikastlangan — binolarning derazalari to‘kilgan, eshiklar, tomlar vayron bo‘lgan.

Konstantinovkadagi turar joy kvartalida raketadan qolgan o‘rani ko‘zdan kechirayotgan politsiyachi
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Konstantinovkalik ayol otishma vaqtida shikastlangan uyi oldida
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Rossiyalik harbiylar dronlarni boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotda

Rossiya Markaziy harbiy okrugi harbiysi razvedkachi va zarbdor dronlarni boshqarish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tamoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / Scanpix / LETA

Baxmutning yuqoridan ko‘rinishi

 

Sentyabr oyi o‘rtalarida ukrain qo‘shini Kleshchiyevkani ozod etdi — Donetsk oblasti Baxmut shahridan 9 kilometr janubda joylashgan bu qishloqni RF armiyasi 2023 yil yanvaridan buyon ishg‘ol etib turgandi. Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi yurishida qatnashgan ukrain harbiysi sentabr oyi oxirida CNN bilan suhbatda «Vagner» XHK jangchilari Ukrainaga qaytgani haqida aytdi. Yollanma jangchilar Baxmut atrofidagi jang maydoniga qaytgani haqida avvalroq rossiyalik militarist telegram-kanallar ham xabar bergandi. Quyida urushning eng qaynoq nuqtalaridan biri bo‘lib qolayotgan Baxmut shahrining bugungi holati aks etgan suratlar.

Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images

Kiyevdagi ertalabki tuman ichida qolgan «Ona vatan» yodgorligi 

Eugen Kotenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid