Ekspert: O‘zbekiston birinchi navbatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi kerak
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari Fanil Qodirovga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi masalasi hozir kun tartibida yo‘q. Mamlakat birinchi navbatda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi kerak.
Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlari Berlinda bo‘lib turibdi. Markaziy Osiyo mintaqasi Yevropa uchun ham yangi ahamiyat kasb etmoqda. Gap, birinchi navbatda, iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik sohasi haqida bormoqda. DW Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bo‘yicha maxsus dasturni taqdim etdi.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari Fanil Qodirovning aytishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zaro sa’y-harakatlarni birlashtirishga harakat qilmoqda.
“Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlaridan birontasi ortga qarab, boshqa ittifoqlar doirasida majburiyatga ega ekanini aytmayapti. Bizda hali amalga oshirilmagan salohiyat juda katta, ortga qarash emas, balki oldinga harakatlanish kerak”, deydi u.
Fanil Qodirov Markaziy Osiyo mamlakatlari kelajakda o‘zaro iqtisodiy ittifoq tuza oladimi, degan savolga ham javob qaytardi.
“Bu kelajakdagi masala. Ko‘plab davlatlar bunday ittifoqqa ega bo‘lishni xohlaydi. Biroq, bugungi kunda vaziyatga real baho berish kerak. Markaziy Osiyo davlatlaridan kamida ikkitasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo hisoblanadi. U yerda ham ularga ma’lum bir majburiyatlar yuklangan va shunchaki chiqib ketishi mushkul. Ular umumiy iqtisodiy makonga ega.
O‘zbekiston 2021 yildan beri u yerda kuzatuvchi maqomiga ega. Ular bilan faol hamkorlik qilyapmiz, ammo a’zo bo‘lish masalasi hozir kun tartibida yo‘q. Hozirgi kunda a’zo bo‘lmasdan turib ham hamkorlik qilishimiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud. Mening fikrimcha, biz birinchi navbatda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimiz kerak. YeOIIning ko‘plab a’zolari ham JSTga kirgan. Bu yo‘nalishda sa’y-harakatlarni faollashtirish lozim”, deydi Fanil Qodirov.
Mavzuga oid
14:37 / 18.11.2024
Budjet xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayapti - prezident
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
20:26 / 09.10.2024
“JSTga a’zolikdan keyin yirik korxonalarga 2-3 yillik o‘tish davri beriladi” – Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
11:52 / 14.09.2024