UNWTO bosh kotibi barchaning e’tiborini O‘zbekistonga qaratdi
27-28 sentabr kunlari Ar-Riyod shahrida “Butunjahon turizm kuni 2023. Turizm va yashil investitsiyalar” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir UNWTO va Saudiya Arabistoni turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etib, mamlakat turizm salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlar delegatlariga yurtimizda tirizm sohasida prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi rivojlanayotgan yo‘nalishlar va sohada tatbiq etilayotgan yashil texnologiyalar va 25-Bosh assambleyasiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida xorijiy delegatlar vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib, Samarqandda o‘tadigan Bosh assambleyaga ishiga faol jalb qilindi.
Tadbirda, shuningdek, Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo mamlakatlarning 500 dan ortiq delegatlari, jumladan 50 dan ziyod turizm vazirlalri hamda xorijiy sayyohlik ma’muriyatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Konferensiya doirasida qator sessiyalar o‘tkazilib, ularda ekologiya va inson kapitaliga investitsiyalar, yangi turistik manzillar, barqaror turizm, sohada ta’lim, innovatsiyalar va gender masalalari muhokama qilindi.
UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili tadbirda so‘zga chiqar ekan, barchani ishtirokchilarni O‘zbekistonga sayohat qilishga chorladi. U o‘z nutqida O‘zbekistonning yangi jozibador turistik yo‘nalish ekanini ta’kidlab, tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarini 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleya tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Ar-Riyoddagi xalqaro forum yakunlariga ko‘ra, 2024 yilgi Butunjahon turizm kunini Gurjistonda o‘tkazishga doir kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024