Armaniston rasman Qorabog‘ni Ozarboyjon hududi deb tan oldi
Nikol Pashinyan Ozarboyjonning 86,6 ming kv.km. hududini tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yevropa siyosiy hamjamiyatining Granada (Ispaniya) sammiti doirasida Ozarboyjonning 86,6 ming kv.km. hududini tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Yevropa Kengashi press-relizida aytiladi. Ozarboyjonning bu hududi Qorabog‘ yerlarini o‘z ichiga oladi.
Deklaratsiya Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan imzolangan.
«Tomonlar Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi, suverenitetni, chegaralar va Armaniston hududi (29800 kv.km.) va Ozarboyjon hududi (86600 kv.km.) daxlsizligini tan olish tarafdori», deyiladi deklaratsiyada.
Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev sammitda ishtirok etmadi. Ozarboyjonning APA agentligi diplomatik manbaga tayanib, tomonlar Turkiyaning sammitda ishtirok etishiga ruxsat bermagani uchun Ozarboyjon muzokaradan bosh tortganini xabar qildi.
Biroq, keyinroq Ozarboyjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hajiyev Ozarboyjon prezidenti Bryusselda Armaniston va Yevropa Ittifoqi bilan uchtomonlama muzokaralarga tayyor ekanini aytdi.
19-20 sentabr kunlari Ozarboyjon qo‘shinlari Qorabog‘ hududini «aksilterror choralari» natijasida to‘liq nazoratga oldi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi 2024 yil 1 yanvardan o‘z faoliyatini to‘xtatadi – bu farmonni uning prezidenti Samvel Shahramanyan imzolagan. Qorabog‘ qurolli kuchlari ham tarqatib yuborildi.
Qorabog‘da yashagan 125 mingga yaqin aholining ko‘pchiligi hududni tark etib, Armanistonga o‘tdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada ulardan 50 dan 1000 ga yaqin arman qolgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024