O‘zbekiston | 10:57 / 05.10.2023
9877
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Foto: Press-slujba prezidenta

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va Tatariston raisi Rustam Minnixonov bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, qator obektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid