O‘zbekiston | 12:08 / 17.10.2023
57479
1 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumani prokuraturasida Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi

17 oktyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani prokuraturasi binosida Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi o‘ziga biriktirilgan qurol bilan o‘zini otib qo‘ygan. Xodim vafot etgan.

Foto: UzNews

Milliy gvardiya matbuot xizmati Kun.uz muxbiri bilan suhbatda shunday holat bo‘lganini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid