Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi halok bo‘ldi
17 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan, so‘ng avtomobil yonboshlagan holatda daraxtga borib urilgan va yonib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayanchli yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan video tarqaldi. Unda Nexia-3 boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilib yonib ketgani tasvirlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2023 yil 16 oktyabr kuni soat 01:47 da Samarqand shahri Sadriddiy Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mashinani 17 yoshli o‘smir boshqargan va uning yonida ikki nafar o‘rtog‘i bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz so‘roviga ko‘ra ma’lum qilishicha, haydovchi hodisa joyida halok bo‘lgan.
Uning yonida bo‘lgan ikki kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning muolajalariga qaramasdan ular vafot etgan.
Mavzuga oid
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
22:54 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
18:04 / 06.11.2024