Jamiyat | 17:24 / 20.10.2023
30619
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 3 nafar farzandini o‘ldirgan erkak umrbod qamoq jazosini oldi

Erkak Isroilda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashgandan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgandi.

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Samarqand viloyatida 36 yoshli erkak 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 qiz va 1 o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqilgan va erkakka hukm o‘qilgan. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida xabar qilindi.

Erkak sudda qotillikka Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lganini, shunda jahli chiqib avval bolalarini, so‘ng o‘zini pichoqlaganini aytgan.

 Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v» va «j» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi, ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid