O‘zbekiston | 17:06 / 20.10.2023
13558
3 daqiqa o‘qiladi

Temiryo‘l chiptalari narxi 20 oktyabrdan oshmaydigan bo‘ldi 

Kun.uz'ga ma’lum qilinishicha, bugundan oshirilishi kutilgan chipta narxlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Narxlar bosqichma-bosqich ko‘tarilishi mumkin. 

“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJning 3 oktyabrdagi xabariga asosan, bugun, 20 oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining chipta narxlari mos ravishda 50, 100 foizga oshirilishi kerak edi. 

Kompaniya matbuot kotibi Alisher Boltaboyevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu sanadan chipta narxlari oshirilmaydi. Ayni vaqt tashkilot stavkalarni qayta ko‘rib chiqmoqda. Ammo hozircha chipta narxlari qachon va qanday qiymatda qimmatlashi aniq emas. Boltaboyevga ko‘ra, jarayonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning qatnov narxlari 2 barobarga oshirilmasligi ham mumkin. 

“Bu boradagi ma’lumotlar tasdiqlangach, tashkilotning o‘zi axborotni jamoatchilikka e’lon qiladi”, – deydi AJ matbuot kotibi.  

Kun.uz narxlarni “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJning elektron platformasi orqali ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra, chipta narxlari o‘zgarishsiz qolganini bilish mumkin. Masalan, 2023 yil 19 iyun sanasida Toshkent Shimoliy vokzalidan Buxoro yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining chipta narxi shu yil 17 noyabrdagisi bilan bir xil, 173 ming so‘m bo‘lgan. 

Bu yo‘lovchi transport tashuvlarida narx o‘zgarishi aytilgan vaqtdan kechikayotgan yagona holat emas. 2022 yildan beri “Toshshahartransxizmat” AJda yo‘lkira oshirilishi kutiladi, bu borada rasmiylar bir necha marotaba va’dalar ham berishgandi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, hanuzgacha jamoat transportiga qulay tariflar joriy etilgani yo‘q.  

Ma’lumot uchun, shu yil 14 oktyabr kuni o‘tgan anjumanida “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ bo‘lim boshlig‘i Jahongir Davletov narxlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, u tezyurar poyezdi chipta narxlari yo‘lovchilar uchun 50 foizga oshirilmasligini aytgandi.  

Undan avvalroq imzolangan prezident qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab tezyurar poyezdlarda tariflarni davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti to‘xtatiladi. 

“Narxni oshirish – tizimli muammoning yagona yechimi emas” — mutaxassislar temiryo‘l sohasi haqida

Mavzuga oid