O‘zbekiston | 23:00 / 23.10.2023
3282
1 daqiqa o‘qiladi

S gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi Misrdan O‘zbekistonga yetkazildi 

Qiymati qariyb 40 ming dollarlik dori vositasi S gepatitiga chalingan bemorlarni bepul davolashda ishlatiladi. 

Foto: dunyo.info

Misr hukumati tomonidan O‘zbekiston uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan S gepatitiga qarshi «Sofosbuvir - 400 mg» dori vositasining o‘n oltinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi. 

Loyiha O‘zbekiston prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda S gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo‘yicha tashabbus ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. 

Qayd qilinishicha, «Sofosbuvir — 400 mg» dori vositasining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha kelishuv 2023 yil 3 oktyabr kuni erishilgan. 

Umumiy qiymati 38 ming 456 AQSh dollariga teng bo‘lgan 3680 dona «Sofosbuvir — 400 mg» dorisi 21 oktyabr kuni Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazilgan. 

Mavzuga oid