O‘zbekiston | 07:32 / 25.10.2023
14779
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva-Toshkent reysida tartibni buzgan shaxs qo‘lga olindi 

Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yo‘lovchilarga va bort kuzatuvchilariga xalal bergan shaxs qo‘lga olindi. 

Foto: Kun.uz

21 oktyabr kuni «Aeroflot» aviakompaniyasining SU-1870 reysi bilan Moskva-Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan O‘zbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan erkak jamoat tartibini buzib, behayo so‘zlarni ishlatgan, yo‘lovchilar va bort kuzatuvchilarga xalal bergan.

24 oktabr kuni Sergeli tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, unga nisbatan BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima jazosini tayinlagan.

Mavzuga oid