O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi qurolli mojaroni faqat diplomatik vositalar bilan hal etishga chaqirdi
Baxtiyor Saidovning Yaqin Sharq davlatlari elchilari bilan uchrashuvlarida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Unda boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
«Biz yana bir bor barcha tomonlarni tinch aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo‘layotgan qurolli mojaroni to‘xtatishga, yechim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq me’yorlaridan foydalanishga chaqiramiz», — deya yozadi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.
7 oktyabr kuni G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS harakati a’zolari Isroilning chegaradosh hududlariga hujum qilganidan keyin, isroillik harbiylar bunga javoban sektor hududini o‘qqa tutib kelmoqda. Aviazarbalar natijasida minglab tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda sektorda gumanitar inqiroz chuqurlashmoqda, hudud to‘liq blokada qilingan, Isroil armiyasi esa sektor hududida quruqlik amaliyoti o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston TIV 9 oktyabr kuni ham mazkur mojaro bo‘yicha bayonot berib, kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.11.2024
Qatar Isroil va Hamas o‘rtasidagi vositachilikni to‘xtatdi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
14:47 / 07.11.2024
Falastin prezidenti va ADL bosh kotibi Falastin va G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi
14:08 / 06.11.2024