Raqamli biznesda samarali marketing tizimini qanday qurish mumkin - Ledokol Media Day 360 qanday o‘tdi?
25 oktyabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida Ledokol Group reklama agentligi fintech & e-com toifasidagi yetakchi kompaniyalarning marketing bo‘yicha mutaxassislari hamda top-menejmenti uchun yopiq ixtisoslashtirilgan tadbir o‘tkazdi.
Tadbir doirasida agentlik mutaxassislari va taklif etilgan ekspertlar taqdimotlar o‘tkazdi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. 2023 yilda raqamli biznesda samarali marketing tizimini qurish masalasi muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Ledokol Groupʼning media-direktori Ignat Akramov hamda media-strategi Sanjar Ismatov ushbu tadbirni ochib berdi, O‘zbekistonda fintex va e-com toifalari rivojlanishining umumiy trendlari borasida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. Ular joriy bozor shart-sharoiti, qo‘shni bozorlardan orqada qolib ketishi sabablari va tobora onlaynga o‘tib ketayotgan iste’molchilarning xatti-harakatlarini o‘zgartirishni o‘zaro muhokama qildi. Mutaxassislar media toifaning o‘sishini qayd etdi.
«Bank toifasidagi keskin o‘sish 2022 yilga to‘g‘ri keldi va bu toifaning uch baravar o‘sishi bilan yakunlandi — bu asosan Anor va TBC raqamli banklarining drayvi tufayli sodir bo‘ldi. Shuningdek, e-com toifasi ham Uzumʼning ekspansiyasi hisobiga bir necha barobarga o‘sdi», — deya Sanjar Ismatov o‘z tahlilini yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdi.
«Dunyoda asosiy umumiy trendlar — klassik moliyaviy o‘yinchilarni raqamlashtirish va transformatsiya qilish kuzatilmoqda, chunki ularning IT va ekotizim texnologik yechimlari bilan raqobatlashish tobora qiyinlashib bormoqda. O‘yinchilar iste’molchilarga intilishda yangi distributsiya kanallarini izlamoqda, zamonaviy kommunikatsiya va media strategiyalarini ishlab chiqmoqda, shuningdek, foydalanuvchi tajribasini doimiy ravishda takomillashtirmoqda», — deya yakunladi Ignat Akramov.
Reformat marketing agentligining boshqaruvchi hamkori Samir Axmetzyanov Anor Bank keysi bilan o‘rtoqlashdi, unga ko‘ra agentlik jamoasi qisqa vaqt ichida bank haqidagi bilimi hamda yuqori foydalanuvchilar bazasini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
«Bozorni muntazam tahlil qilishi, auditoriya va insaytlar sharofati bilan biz respublika darajasida foydalanuvchilar oqimining kalitini aniqlashga erishdik. Buning barchasi moliyaviy savodxonligi past auditoriyaning bankka katta oqimiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida biz uchun bir qator qiyinchiliklar tug‘dirdi va biz mijozlarni o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdik. Natijada — yosh bankning ilg‘or mahsuloti unga bozorga muvaffaqiyatli kirib borish hamda yirik o‘yinchilar bilan raqobatlashish imkonini taqdim etdi, bu esa o‘z mijozlari bazasining salmoqli o‘sishini namoyish etdi», — deya o‘z fikrini o‘rtoqlashdi Samir Axmetzyanov.
Tadbirni Alif Uzbekistan ekotizimining marketing bo‘yicha direktori Nikita Lomakov davom ettirdi. U Alif kompaniyasi va tanlangan kommunikatsiya kanallarida KPIʼga erishish tamoyillarini tushuntirishga urg‘u berdi va buni yil davomida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan tasdiqladi. Muloqotda sun’iy intellektdan foydalanish g‘oyasini tushuntirish, shuningdek, brendning shaxsiy IT-akademiyasini ochishni rejalashtirish auditoriyaning katta e’tiborini jalb etdi.
«Men bu yerda fintech & e-com toifasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda bo‘lganimdan benihoya baxtiyorman. Ishlash juda qiziqarli kechmoqda va men o‘zim ham professional tomondan o‘sib bormoqdaman. Biz tezkor o‘zgarish — odamlarning qanday qaror qabul qilishlari va ular qanday mahsulotlardan foydalanishlaridagi xatti-harakatlarni ko‘rmoqdamiz. Men Rossiyadan tashrif buyurdim va u yerda ko‘p jihatlar nisbatan sekinroq rivojlanadi, biroq O‘zbekistondagi auditoriya kundalik qarorlarida bir necha qadamga ildamlab ketmoqda. Odamlar o‘z vaqtlarini tejashni, ko‘proq mahsulot va sharhlarni ko‘rishni xohlaydi va aynan shuning uchun ular onlaynga o‘tib ketmoqda. Internet – tanlov erkinligi va qaror qabul qilish erkinligini anglatadi», - deya o‘rtoqlashdi Nikita Lomakov.
Tadbirning ikkinchi bosqichini Geomotive kompaniyasi asoschisi Aleksey Xaynovskiy o‘z chiqishi bilan ochib berdi. Aleksey kompaniya ekotizimining asosiy tamoyillari: tashqi reklamaning shaffof va xavfsiz o‘lchamlari, mijozlar uchun samaradorlik va monitoring haqida so‘zlab berdi.
«Biz auditoriyani tadqiq etishning ilg‘or texnologiyalari va katta hajmdagi geolokatsiya ma’lumotlarini qayta ishlash imkoniyatiga egadirmiz. Bunday texnologiya bilan har qanday miqyosdagi reklama kampaniyalarini rejalashtirish va baholash ancha osonlashadi, uning yakuniy natijalari bashorati taxminlarga yaqinroq bo‘ladi», — deb o‘rtoqlashdi Aleksey.
Kun dasturini Yandex.Eats brend-direktori Anna Barsamova yakunladi, u konferensiyaga tinglovchilar bilan jonli suhbatlashish uchun maxsus yetib keldi. Anna Yandex.Eats kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirish tajribasi haqida batafsil so‘zlab berdi, uning qo‘shni davlatlar bozorlari bilan taqqoslaganda o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil hikoya qildi va onlayn-mahsulot nima uchun oflayn-reklamaga muhtojligini asoslab berdi. Shuningdek, u brendning O‘zbekistondagi kommunikatsiya strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Biz uchun yuqori darajadagi xizmatga ega xalqaro mahsulotni mahalliy auditoriya uchun eng yaxshi ko‘rinishda namoyish etish nihoyatda muhim edi. Shu boisdan, bizning xabarimizda mahalliy an’analar va bizning mutaxassislik darajamiz ayni muddao bo‘lib o‘rnashadi, bu esa o‘z navbatida auditoriya tomonidan ijobiy qabul qilindi», - dedi Anna Barsamova.
«Bozorning yetakchi o‘yinchilaridan biri ekspertlar, mutaxassislarni yig‘ib, fikr almashish imkoniyatini yaratib beruvchi bu kabi anjumanlarda ishtirok etish nihoyatda yoqimlidir. Kompaniya bozorni o‘zaro birlashtirishga, eng sara tajribani to‘plashga va yetakchi brendlarga o‘z fikrlarini izhor etish imkoniyatini taqdim etishga harakat qilmoqda, bu esa yangi yechimlarni topishga yordam beradi. Tadbirning jiddiy saviyada, lekin ayni paytda Ledokol Group tashkil eta oladigan ixchamlik va yuqori did bilan o‘tayotganini ko‘rish quvonarli holdir», – deya ta’kidladi O‘zbekiston Marketologlar uyushmasi raisi Diyor Mirzaahmedov.
Tadbir yakunida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar hamda spikerlardan tavsiyalar oldi.
Tadbir hamkorlari: Marketing uyushmasi, Pr.uz, Kapital.uz, Repost.uz.
Telefon: +998 (90) 315-00-03
Sayt: ledokolgroup.com
Telegram: @ledokolagency
Mavzuga oid
20:19 / 23.04.2024
Ledokol Group: 16 yildan buyon reklama bozorida
12:55 / 08.12.2022
Ledokol Group: O‘zbekistonda tashqi reklama qamrovini rejalashtirishimiz mumkin
13:06 / 09.09.2020
Dilshod Muzaffarov, Ledokol Group: «Reklama bozoriga bir-biri bilan hamkorlik qilishni xohlaydigan va yangi g‘oyalarga ega yangi shaxslar kerak»
11:00 / 23.04.2020