G‘azoda yana mobil aloqa va internet butunlay o‘chirildi
Falastinning Paltel telekommunikatsiya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunga avvalroq ulangan xalqaro tarmoqning qayta o‘chirilishi sabab bo‘lgan.
G‘azo sektorida mobil aloqa va internet butunlay uzildi, deb xabar berdi Falastinning Paltel telekommunikatsiya kompaniyasi.
«Afsus bilan ma’lum qilamizki, G‘azo sektoridagi barcha aloqa va internet xizmatlari ilgari ulangan xalqaro tarmoq qayta o‘chirilgani sababli butunlay uzib qo‘yilgan», — deyiladi Paltel’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
Paltel avvalroq G‘azo sektorida 27 oktyabr kuni Isroil hujumlari natijasida uzilib qolgan aloqa va internet bosqichma-bosqich tiklanayotgani haqida xabar bergan edi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,5 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok bo‘ldi.
Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
BMT Bosh assambleyasi zudlik bilan humanitar otashkesimga chaqirdi. Shu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyutsiya uchun 120 davlat ovoz berdi. Biroq Isroil bu taklifni rad etdi.
Mavzuga oid
14:13 / 08.11.2024
G‘azo sektorida Isroil hujumlarida 16 falastinlik halok bo‘ldi
14:49 / 07.11.2024
Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi uchta kasalxonaga zarba berdi
14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi
12:57 / 07.11.2024