O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dron ishlab chiqarilishi mumkin
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda agrobiznes uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Rossiyaning FlySeeAgro bosh direktori Vasiliy Ptitsin va O‘zbekistonning «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) direksiyasi rahbari Habib Abdullayev «O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish» haqidagi 5 yillik investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Bu haqda FlySeeAgro xabar berdi.
Qayd qilinishicha, dasturning besh yillik muddatdagi umumiy qiymati 80 million dollarni tashkil etadi. Memorandum doirasida tomonlar loyihaning yo‘l xaritasini ishlab chiqish, sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha bosh rejani yaratish, ishlab chiqarish masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha ishchi komissiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
FlySeeAgro kompaniyasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan dronlarni ishlab chiqarish, entomofaglar (yirtqich hasharotlar) yordamida o‘simliklarni biologik himoya qilish bilan shug‘ullanadi va o‘zini Rossiyada dronlarni inson faoliyatining turli sohalariga integratsiyalash sohasida yetakchi kompaniya sifatida ko‘rsatadi. Agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik tajribaga ega ekanini ta’kidlaydi.
Dastur O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash, zavod va loyihaga jalb qilingan O‘zbekiston sanoat korxonalarini boshqarish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Dasturda ishtirok etish uchun Rossiyadan mutaxassislar jalb qilinishi aytilmoqda.
O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun dronlarni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish hamda ularni tashqi bozorlarga, jumladan, Rossiyaga eksport qilish dasturning ustuvor yo‘nalishlari ekani ta’kidlangan.
Mavzuga oid
00:36
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
20:09 / 18.11.2024