Rossiya Yaqin Sharqdagi ziddiyat bilan dunyoni Ukraina bosqinidan chalg‘itishga urinmoqda – Isroil vakili
Shuningdek, isroillik diplomat Rossiyani Isroilga xalqaro huquqqa rioya qilishni o‘rgatishi mumkin bo‘lgan «oxirgi davlat» deb atadi.
Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yaqin Sharqdagi urushdan dunyo e’tiborini Ukraina bosqinidan chalg‘itish uchun foydalanmoqda.
Avvalroq, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Isroil o‘zini o‘zi himoya qilishga haqqi yo‘q degan edi. Gilad Erdan uning so‘zlariga shu mazmunda javob qaytardi.
«Agar minglab fuqarolari terrorchi tashkilot tomonidan o‘ldirilsa va o‘g‘irlansa, Rossiya bunga qanday munosabatda bo‘lishini hamma tushunib turibdi. Afsuski, Rossiya butun dunyo e’tiborini Ukraina bosqinidan chalg‘itish uchun HAMAS terrorchilik hujumidan eng jirkanch yo‘l bilan foydalanmoqda», dedi Erdan.
Diplomat, shuningdek, Rossiyani Isroilga xalqaro huquqqa rioya qilishni o‘rgatishi mumkin bo‘lgan «oxirgi davlat» deb atadi: «Rossiya vakilining Isroilga qarata aytilgan inson huquqlari va xalqaro huquq haqida ma’naviyatli gaplarini eshitish kulgili. Rossiya - BMT Inson huquqlari kengashidan chiqarib yuborilgan davlat. Rossiya bizga buni o‘rgatishi mumkin bo‘lgan oxirgi davlatdir», dedi Erdan.
Avvalroq, Vasiliy Nebenzya Isroilning HAMAS harakatiga qarshi urushda o‘zini o‘zi himoya qilishga haqqi yo‘qligini aytdi: «Ular [G‘arb davlatlari] qila oladigan narsa Isroilning o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqi haqida gapirishdan iborat, garchi bosqinchi davlat sifatida bunga haqqi bo‘lmasa-da. Bu 2004 yilda Xalqaro Sud (BMT) maslahat xulosasi bilan tasdiqlangan».
O‘z navbatida, «Kommersant» gazetasining ta’kidlashicha, sudning 2004 yildagi xulosasi buni anglatmaydi. Hujjatda aytilishicha, Isroilning Falastin hududida ajratuvchi to‘siq qurishi xalqaro huquq normalarini buzish hisoblanadi. Sud xulosasida o‘zini himoya qilish huquqi tilga olinmagan.
Isroilning HAMAS bilan urushida Rossiya Falastinga tarafdor pozitsiyani egalladi. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini «AQSh siyosati muvaffaqiyatsizligining yorqin namunasi» deb atadi va mustaqil Falastin davlatini yaratish zarurligini ham ta’kidladi.
Mavzuga oid
00:36
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
20:09 / 18.11.2024