O‘zbekiston | 09:58 / 03.11.2023
90412
2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors ommabop modellar uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilganini ma’lum qildi

Bugun, 3 noyabr kuni Chevrolet Cobalt, Captiva, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi. Shartnomani onlayn tuzish imkoniyati ham mavjud.

Foto: Kun.uz

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning qo‘shimcha hajmi uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qildi.

Ommabop avtomobillarning yangi narxlari quyidagicha:

  • Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 so‘m (eski narxi – 92 204 000 so‘m);
  • Labo LB2 Plus: 96 370 000 so‘m (eski narxi – 91 669 000 so‘m);
  • Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 so‘m (eski narxi – 113 711 000 so‘m);
  • Cobalt GX-Style Plus AT: 141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, kompaniya ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin shu yil avgust oyi boshida qayta tiklagan, o‘shanda avtosalonlarda kuzatilgan ajiotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnomalar bir sutka ichida tarqatib bo‘lingani aytilgandi. Keyinroq, 18 sentabr kuni qo‘shimcha shartnoma berish boshlangani xabar qilindi, biroq oradan 2 soat o‘tar-o‘tmas 28 mingta shartnoma tugagani, jarayon esa to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga oid