Misr tomonidan taqdim etilgan gepatitga qarshi dorining navbatdagi turkumi O‘zbekistonga yetkazildi
Misr tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositalarining o‘n yettinchi partiyasi shu yil 4 noyabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ko‘magida Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazildi.
Misr hukumati tomonidan mamlakat uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositasining navbatdagi turkumi Toshkentga jo‘natildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ushbu loyiha O‘zbekiston prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda mamlakat rahbarining S gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Dori vositasining navbatdagi turkumini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha kelishuv mamlakat diplomatlarining Misr sog‘likni saqlash vaziri bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasidir.
Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositalarining o‘n yettinchi partiyasi shu yil 4 noyabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ko‘magida Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazib berildi.
Mavzuga oid
13:13 / 09.11.2024
Misr O‘zbekistonda charm mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024