Samarqandda ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari ushlandi
Ikkita holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ombor mudirlari protsessual tartibda ushlangan.
Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan arzon ko‘mirning aholiga yetib borishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ikkita ko‘mir omborida noqonuniy ishlar qilingani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi Maroqand hududiy ko‘mir ombori mudiri A.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 368,1 mln so‘mlik 1 ming 225 tonna ko‘mirlar mahsulotlarini go‘yoki fuqarolar olgani to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilgan.
Shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi Ziyovuddin hududiy ko‘mir ombori mudiri F.S. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 549,5 mln so‘mlik 915,9 tonna ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘mir ombor mudirlari protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, “Ko‘mir ta’minot” MChJning Toshkent viloyat filiali boshlig‘i 50 ming dollar bilan ushlangandi. Bundan tashqari, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlangandi.
Mavzuga oid
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024
Samarqandda savdo do‘koni yonib ketdi
19:09 / 28.10.2024