Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishi masalasini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi
Turkiya parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi Shvetsiyaning arizasini ko‘rib chiqishni noma’lum muddatga qoldirdi.
Turkiya parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasi muhokamasini vaziyatga oydinlik kiritish kerakligini bildirib, keyinga qoldirdi. Bu haqda 16 noyabr, payshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Komissiya raisi Fuat Oktay, aniq bir muddat aytmasdan, masalaning keyingi hafta kun tartibiga qaytarilishi kutilayotganini bildirdi. Komissiyaning roziligi Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish uchun ovoz berishidan oldin talab etiladi.
Muxolifatdagi «Yaxshi partiya» vakili Kurshod Zorluning aytishicha, komissiya a’zolari Turkiya TIV vakilidan Anqara talablari qanday bajarilgani yuzasidan qoniqarli javob olmagan.
Turkiya Shvetsiyaning NATOga arizasini ko‘rib chiqmoqda
Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga kirishi munosabati bilan Finlandiya bilan birga 2022 yilda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Turkiya hozircha Shvetsiyani «terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash»da ayblab, taklifini ma’qullashdan bosh tortdi. Anqara, xususan, Stokholmdan Shvetsiyada yashovchi kurd faollariga nisbatan qattiqroq siyosatni kutmoqda.
Turkiyadan tashqari, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi Vengriya tomonidan ham hali qo‘llab-quvvatlanmadi, uning bosh vaziri Viktor Orban sentabr oyi oxirida Budapesht bu masalani hal qilishga shoshilmasligini aytdi.
Oktyabr oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiya arizasini Buyuk millat majlisiga (Turkiya parlamenti) ko‘rib chiqish uchun taqdim etib, ushbu hujjatga o‘z imzosini qo‘ydi.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
18:09 / 05.11.2024