Rossiya jins o‘zgartirish ruxsat etilgan davlatlar uchun bolalarni asrab olishni taqiqlamoqchi
Rossiya davlat Dumasida «jins o‘zgartirish» ruxsat etilgan davlatlarga rossiyalik bolalarni asrab olishni taqiqlamoqchi. Taqiq eng avvalo Italiyaga taalluqli bo‘ladi. O‘tgan yili Rossiyadan olib chiqilgan bolalarning 75 foizi shu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Rossiya parlamentining quyi palatasi — Davlat dumasi deputatlari transgender jins o‘zgartirish ruxsat etilgan davlatlarning fuqarolariga Rossiyada tug‘ilgan bolalarni asrab olishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishgan. Bu haqda deputat Vasiliy Piskaryov o‘z Telegram kanalida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar «jinsni tegishli hujjatlar asosida yoki tibbiy usulda yo boshqa turdagi aralashuv bilan o‘zgartirish ruxsat etilgan davlatlar» uchun tegishli bo‘ladi.
«Ayrim davlatlar fuqarolarining bola asrab olishiga mazkur taqiqni joriy etish bilan biz mohiyatan NATO davlatlariga taqiq joriy etmoqdamiz», — degan deputat.
Rossiyalik yetim bolalarni xorijlik fuqarolar tomonidan asrab olish statistikasi yildan yilga pasayib bormoqda. 2022 yilda yangi oilada tarbiyalanish uchun xorijga bor-yo‘g‘i 57 nafar bola olib chiqilgan (2019 yilda ularning soni 240 nafar bo‘lgan), ularning katta qismi — 43 nafarini italiyaliklar asrab olishgan.
2012 yilda AQSh fuqarolari tomonidan rossiyalik yetim bolalarni asrab olishga cheklov joriy etuvchi «Dima Yakovlev qonuni» qabul qilingach Italiya bu borada vasiy davlatlar reytingida yetakchi bo‘lib olgan. 2022 yilning avgustida deputatlar «nodo‘stona davlatlar» uchun xuddi shunday taqiq joriy etishgan, biroq bu tashabbusni o‘shanda prezident kengashi qo‘llab-quvvatlamagan edi.
Mavzuga oid
09:31
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024