O‘zbekiston BAAning yo‘l qurilishi sohasidagi tajribasini o‘rganmoqda
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining bir guruh mutaxassislari BAAning yo‘l qurilish sohasidagi tajribasini o‘rganmoqda. Stajirovka dasturi Dubay Yo‘llar va transport idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan BAA Hukumat ishlari vazirligi hamda Dubay Yo‘llar va transport idorasi bilan hamkorlikda stajirovka dasturi ishlab chiqildi.
Ishtirokchilar Dubay Yo‘llar va transport idorasida strategik rejalashtirish jarayoni, 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan dastur, hudud yo‘l tizimi va yo‘llar klassifikatsiyasi, yo‘llar holatini nazorat qilish, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va baholash tajribasi bilan tanishishdi.
Shuningdek, mutaxassislar yo‘l qoplamasi holatini baholash, nosozliklarini aniqlash, texnik xizmat ko‘rsatish ehtiyojlari (budjet va resurslar)ni tahlil qilish yuzasidan amaliy keyslarda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
21:17 / 25.10.2024